Odilov Yorqin Jo‘raevichning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Chiziqli va vizual dasturlash asosida fizika o‘qitish metodikasini takomillashtirish (Dasturiy injiniring yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1378.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Tursunov Ikromjon Gulamjonovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Ergashov Muxamadrasul, texnika fanlari doktori, professor; Abdiev Umirbek Begmatovich, pedagogika fanlari  doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalarida “Dasturiy injiniring” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalariga chiziqli va vizual dasturlash asosida fizika o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak dasturchilarga interfaol ta’lim metodlaridan (Case-Study, Cluster, Modeling, Insert) hamda kompyuterda dasturlash vositalaridan (RAD Studio, Android Studio) foydalanib, fizika o‘qitishning konseptual metodik tizim modeliga asoslangan talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorgarligini shakllantirishning metodik modeli tizimli, modulli, integrativ, kompetensiyaviy va metodologik yondashuvlar orqali ishlab chiqilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida “Dasturiy injiniring” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalarining ishlab chiqarish va sozlash, loyihalash, konstruksiyalash, tashkiliy-boshqaruv, tadqiqodchilik pedagogik kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi fizika o‘qitishda fizikaviy hodisa va jarayonlarni imitatsion modelini chiziqli dasturlash (Dev C++) hamda vizual dasturlash (Visual C++) orqali takomillashtirilgan;
talabalarni yaratuvchanlik, ijodkorlik, boshqaruvchanlik kabi dasturiy injiniring mutaxassisligiga xos sifatlarining va modellashtirish, algoritmlash, loyihalash, dasturlash, vizuallashtirish kasbiy kompetensiyalarining shakllanganligini hamda kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajalarini baholash mezonlari va indikatorlarni ishlab chiqish natijasida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak dasturchilarni matematik tabiiy-ilmiy (fizika), umumkasbiy (dasturlash), ixtisoslik (dasturiy injiringga kirish), qo‘shimcha ixtisoslik (ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash) fanlarini fanlararo integratsion o‘qitishning axboriy-didaktik ta’minoti o‘zaro hamkorlikka yo‘naltirilish imkoniyatiga ega dasturlash tilida mazmunan rivojlantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chiziqli va vizual dasturlash asosida fizika o‘qitish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
“Dasturiy injiniring” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalariga matematik tabiiy-ilmiy (fizika), umumkasbiy (dasturlash ) va ixtisoslik (dasturiy injiniringa kirish) fanlari integratsiyasi asosida fizikadan ta’lim berishda chiziqli dasturlash (Dev C++) va vizual dasturlash (Visual C++)dan foydalanib kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasiga oid g‘oyalardan 2019-2021 yillarda ATR-2/15 “O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiyatexnologiyalari asosida oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’limni tashkil etish modeli va texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy loyihada foydalanilgan (Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 2021 yil 27 dekabrdagi 04/1-3338-son ma’lumotnomasi).  Natijada fizika ta’limi jarayonida talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligining rivojlanishiga xizmat qilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida “Dasturiy injiniring” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalarining ishlab chiqarish va sozlash, loyihalash, konstruksiyalash, tashkiliy-boshqaruv, tadqiqodchilik pedagogik kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi fizika o‘qitishda fizikaviy hodisa va jarayonlarni imitatsion modelini chiziqli dasturlash (Dev C++) hamda vizual dasturlash (Visual C++) asosidagi tavsiyalaridan AIF-2/17 raqamli “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini tashkil etishda yangi texnologiyalar” mavzusidagi ilmiy loyihada foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2021 yil 25 dekabrdagi 03/6581-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan metodik model bo‘lajak dasturchilarni kasbiy kompetentligini shakllantirishga xizmat qilgan.
zamonaviy vizual dasturlash muhitida fizika o‘qitish orqali talabalarni talabalarni yaratuvchanlik, ijodkorlik, boshqaruvchanlik kabi dasturiy injiniring mutaxassisligiga xos sifatlarini va modellashtirish, algoritmlash, loyihalash, dasturlash, vizuallashtirish kasbiy kompetensiyalarini shakllanganligini hamda kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajalari baholash mezonlari va indikatorlarni ishlab chiqishga doir pedagogik dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 12297-son va 13925-son guvohnomalari). Natijada mazkur dasturiy mahsulotlar bo‘lajak dasturchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda va fizika ta’limining samaradorligi oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish