Maxmudova Dilfuza Melievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Muammoli ta’lim texnologiyalari asosida talabalarning kreativ faoliyatini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Muxamedov Gafurjan Israilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti,  DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Ergashov Muxammadrasul, texnika fanlari doktori, professor, Begimqulov Uzokboy Shoimqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor, Yakubjanova Dilobar Batirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi informatikani o‘qitish jarayonida talabalarning kreativ faoliyatini muammoli ta’lim texnologiyalari asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kreativ faoliyatini rivojlantirishning metodik tuzilmasi motivatsion-shaxsiy, faoliyatga doir, refleksiv-baholovchi komponentlarni ijodiy muhit barqarorligini ta’minlash, individual-kognitiv strategiyalarni maqbullashtirish bilan aloqadorligini qat’iy belgilash, shaxsning real va reallashmagan kreativ salohiyatini hisobga olishga asoslangan ijodiy jarayonni tashkil etish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida kreativ faoliyatni rivojlantirish modelini amaliyotga tatbiq etishning metodik bosqichlari kreativlikka yo‘naltirilgan muammoli topshiriqlarni tuzish va echish tamoyillari hamda ijodiy va amaliy mazmundagi masalalarga qo‘yilgan talablarning (ingerentlik, adekvatlik) vertikal pedagogika bilan maqbul integratsiyalashuv darajalarining o‘zaro adekvatligi va samaradorligi validligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
informatikani o‘qitish jarayonida talabalar kreativ faoliyatini rivojlantirishning interfaol ta’limga asoslangan tizimi muammoli-izlanishli-kreativ vaziyatlarni (harf va raqamlarni kodlash, sanoq sistemalari bilan ishlash) intensiv qo‘llashga doir izlanishli, evristik, loyihaviy, kreativ, kompyuting ta’limning virtual perspektiv modeliga asoslangan topshiriqlarni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
talabalarning kreativ faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muammoli topshiriqlar Amaliy dasturlar paketi kursining “MS Excell”, “MS Word” bo‘limlariga oid topshiriqlarni (murakkab foizni hisoblashga oid, PLT funksiyasini qo‘llashga doir va “Qadamjolar lug‘ati”ni tuzish) muammoli ta’lim texnologiyasini amalga oshirish darajalarining gorizontal integrallashuvini hisobga olish asosida ishlab chiqilgan;
informatika o‘qitish jarayonida talabalar kreativ faoliyatining rivojlanganlik darajalarini aniqlash metodikasi innovatsion salohiyatga tayyorgarlikni ta’minlashga xizmat qiladigan “Kreativ–Muammo–Integrativ o‘rganish” (“Creative+Problem+Integrative Learning”) texnologiyasining tashkiliy-jarayonli blokini o‘zaro birgalikda harakatlanuvchi ramzlar zanjiri bilan aplikativligini kengaytirish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muammoli ta’lim texnologiyalari yordamida talabalarda kreativ faoliyatni rivojlantirish metodikasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning kreativ faoliyatini rivojlantirishning metodik tuzilmasi motivatsion-shaxsiy, faoliyatga doir, refleksiv-baholovchi komponentlarni ijodiy muhit barqarorligini ta’minlash, individual-kognitiv strategiyalarni maqbullashtirish bilan aloqadorligini qat’iy belgilash, shaxsning real va reallashmagan kreativ salohiyatini hisobga olishga asoslangan ijodiy jarayonni tashkil etish orqali aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan “Muhandislik va kompyuter grafikasi” nomli darslikda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martagi 106-son buyrug‘i). Natijada, kreativ yondashuvga asoslangan o‘quv-uslubiy ta’minotni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida kreativ faoliyatni rivojlantirish modelini amaliyotga tatbiq etishning metodik bosqichlari kreativlikka yo‘naltirilgan muammoli topshiriqlarni tuzish va echish tamoyillari hamda ijodiy va amaliy mazmundagi masalalarga qo‘yilgan talablarning vertikal pedagogika bilan maqbul integratsiyalashuv darajalarining o‘zaro adekvatligi va samaradorligi validligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan amaliy tavsiyalardan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” nomli amaliy loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2022 yil 12 martdagi 04/11-1427-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining o‘quvchilarda kreativlikni rivojlantirishga tayyorlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
informatikani o‘qitish jarayonida talabalar kreativ faoliyatini rivojlantirishning interfaol ta’limga asoslangan tizimi muammoli-izlanishli-kreativ vaziyatlarni intensiv qo‘llashga doir izlanishli, evristik, loyihaviy, kreativ, kompyuting ta’limning virtual perspektiv modeliga asoslangan topshiriqlarni ishlab chiqishga oid amaliy taklif va tavsiyalardan A&A Ausbildung und Arbeit Plus GmbH in Bremen in Germany tashkilotining ish faoliyatini tashkil etishda foydalanilgan (A&A Ausbildung und Arbeit Plus GmbH tashkilotining 2022 yil 16 martdagi 2928207-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda kreativ fikrlashni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarning kreativ faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muammoli topshiriqlar Amaliy dasturlar paketi kursining “MS Excell”, “MS Word” bo‘limlariga oid topshiriqlarni muammoli ta’lim texnologiyasini amalga oshirish darajalarining gorizontal integrallashuvini hisobga olish asosida ishlab chiqilgan hamda informatika o‘qitish jarayonida talabalar kreativ faoliyatining rivojlanganlik darajalarini aniqlash metodikasi innovatsion salohiyatga tayyorgarlikni ta’minlashga xizmat qiladigan “Kreativ–Muammo–Integrativ o‘rganish” texnologiyasining tashkiliy-jarayonli blokini o‘zaro birgalikda harakatlanuvchi ramzlar zanjiri bilan aplikativligini kengaytirishga doir taklif va tavsiyalari “Matematik mantiq va algoritmlash asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i). Natijalar talabalarning muammoli topshiriqlar ustida ishlash layoqatini rivojlantirishga hamda talabalarda kreativlikning rivojlanganlik darajasini o‘lchash va baholashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish