Madaminov Javlonbek Zafarjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak muhandislarni loyihalash kompetensiyalarini kompyuter grafikasi vositasida rivojlantirish metodikasi (5310600 − Er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.Phd/Ped968.
Ilmiy rahbar: Muslimov Nazrulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 .
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziev Erkin Iskandarovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Boltaeva Muxayyo Lutfillaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kompyuter grafikasi vositasida bo‘lajak muhandislarni loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirishning mantiqiy-didaktik tuzilmasi motivatsion-qadriyatli, faoliyatli, refleksiv-baholashga doir komponentlarni talabalarda loyihaviy faoliyatga ijobiy munosabatni shakllantirish, loyihalash echimlarini maqbul tanlash, loyihaviy faoliyatni dual ta’limda qo‘llay olish indikatorlari o‘rtasida qayta aloqani ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
kompyuter grafikasi vositasida bo‘lajak muhandislarni loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish modelining jarayonli komponenti motivatsion (talabalarning sub’ektiv pozisiyasini qaror toptirish), mazmunli, faoliyatli-ijodiy bosqichlarni izlanishli faoliyatni tashkil etish texnologiyasi bilan maqbul adaptivligini belgilash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik shart-sharoitlari ijtimoiy-gumanitar, muhandislik-psixologik, tashkiliy-boshqaruv, sotsiotexnik loyihalarni kompyuter grafikasi vositasida ishlab chiqish jarayonlarini tashkil etishda metodik, informatsion va loyihaviy faoliyatni yaxlit didaktik tizimda integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
talabalarni kasbiy tayyorlash jarayonida loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik algoritmi analitik-modellashtirish (texnik vazifalarni belgilash, iqtisodiy samaradorlikni asoslash), konstruktiv-shakllantiruvchi (axborotlar ustida ishlash, ijodiy loyihalar yaratish), korreksion-diagnostik (natijalar monitoringi), taqdimot-umumlashtirish kabi bosqichlarni texnik oliy ta’lim tizimiga korporativ moslashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetensiyalarini kompyuter grafikasi vositasida rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirishning mantiqiy-didaktik tuzilmasini motivatsion-qadriyatli, kognitiv, faoliyatli, refleksiv-baholashga doir komponentlarni talabalarda loyihaviy faoliyatga ijobiy munosabatni shakllantirish, loyihalash echimlarini maqbul tanlash, loyihaviy faoliyatni dual ta’limda qo‘llay olish indikatorlari o‘rtasida qayta aloqani ta’minlash orqali aniqlashtirish, kompyuter grafikasi vositasida bo‘lajak muhandislarni loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish modelining jarayonli komponentini motivatsion, mazmunli, faoliyatli-ijodiy bosqichlarning izlanishli faoliyatni tashkil etish texnologiyasi bilan maqbul adaptivligini belgilash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar texnika oliy ta’lim tizimida loyihaviy faoliyatni tashkil etish jarayoniga tatbiq etilgan (Toshkent davlat transport universitetining 2021 yil 2 dekabrdagi 04-00/6577-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnika oliy ta’lim muassasalarida loyihaviy o‘qitish jarayonlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik shart-sharoitlarini ijtimoiy-gumanitar, muhandislik-psixologik, tashkiliy-boshqaruv, sotsiotexnik loyihalarni kompyuter grafikasi vositasida ishlab chiqish jarayonlarini tashkil etishda metodik, informatsion va loyihaviy faoliyatni yaxlit didaktik tizimda integratsiyalash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan OT-Atex-2018-133. “Metal qirindili samarador quyoshli havo isitgichini yaratish” (2018-2020 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Farg‘ona politexnika institutining 2021 yil 1 dekabrdagi 01-2873-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak muhandislarning loyihaviy kompetensiyalarini shakllantirishda dual ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
talabalarni kasbiy tayyorlash jarayonida loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik algoritmini analitik-modellashtirish, konstruktiv-shakllantiruvchi, korreksion-diagnostik), taqdimot-umumlashtirish kabi bosqichlarni texnik oliy ta’lim tizimiga korporativ moslashtirish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 23 noyabrdagi 01-40-1769–son ma’lumotnomasi). Natijada, kompyuter grafikasi vositasida talabalarning loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirishga dori ilmiy-metodik tavsiyalarni ommalashtirishga erishilgan.