Shaxnazarova Naira Vladimirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tarixni o‘qitish jarayonida talabalarning tolerantligini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped324.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Ilmiy rahbar: Bekmuradov Mansur Bobomuradovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammadjon Quronov, pedagogika fanlari doktori, professor; Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand chet tillar instituti.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tarixni o‘qitish jarayonida talabalarning tolerantligini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“tolerantlik” tushunchasi atrofdagilarga qadriyatli munosabati bilan tavsiflanadigan shaxsiy fazilat, sotsium me’yorlari, standartlarini belgilovchi umuminsoniy qadriyat, real xulq-atvorda namoyon bo‘ladigan tegishli voqelikka munosabat, bo‘lajak mutaxassisning kasbiy va hayotiy faoliyati tamoyili sifatida aniqlashtirilgan;
tarix fanlarini o‘qitishga mo‘ljallangan munozarali pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayoni qatnashchilarining dialogik o‘zaro hamkorligini nazarda tutadigan aksiologik, shaxsga yo‘naltirilgan va faoliyatli yondashuv, tomonlarning tengligi va erkinligiga asoslangan, dialogik o‘zaro hamkorlikka yo‘nalganlik, o‘zaro tenglik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;  
tolerant munosabatni tavsiflaydigan xulq-atvor, tolerant xulq me’yorlari va qoidalarini belgilashni nazarda tutadigan kommunikativ, shaxsning qadriyatli yo‘nalganligi, refleksiya, o‘zini o‘zi kuzatish qobiliyatini aks ettiradigan mental kabi talabalar tolerantligining rivojlanganligini baholash mezonlari aniqlangan;
talabalarda o‘zaro hamkorlik va madaniyatga oid qadriyatlar, kasbiy faoliyat uchun ratsional ijtimoiy-psixologik qarorlarga tayanib, hamkorlikni amalga oshirish malakalarini rivojlantirishga ko‘maklashadigan ijtimoiy o‘zaro hamkorlik usullari (sensitiv trening) va o‘yinli modellashtirishdan foydalanish bilan tarix fanlarining pedagogik imkoniyatlarining ergonomik tarkibiy qismini o‘z ichiga olgan pedagogik shart-sharoitlar takomillashtirilgan.   
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarixni o‘qitish jarayonida talabalarning tolerantligini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“tolerantlik” tushunchasini atrofdagilarga qadriyatli munosabati bilan tavsiflanadigan shaxsiy fazilat, sotsium me’yorlari, standartlarini belgilovchi umuminsoniy qadriyat, real xulq-atvorda namoyon bo‘ladigan tegishli voqelikka munosabat, bo‘lajak mutaxassisning kasbiy va hayotiy faoliyati tamoyili sifatida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar asosida “Etnopsixologiya” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 sentyabrdagi 89-03-3519-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarixni o‘qitish jarayonida fanlararo aloqadorlikni ta’minlashga xizmat qilgan;
tarix fanlarini o‘qitishga munozarali pedagogik texnologiyalari algoritmi ta’lim jarayoni qatnashchilarining dialogik o‘zaro hamkorligini nazarda tutadigan aksiologik, shaxsga yo‘naltirilgan va faoliyatli yondashuv, tomonlarning tengligi va erkinligiga asoslangan, dialogik o‘zaro hamkorlikka yo‘nalganlik, o‘zaro tenglik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir takliflardan “Talabalar tolerantligi asoslarini rivojlantirish texnologiyasi” maxsus kursi o‘quv dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 sentyabrdagi 89-03-3519-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarixni o‘qitish jarayonida talabalarda tolerantlikni rivojlantirishga doir elektiv kurslar mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
tolerant munosabatni tavsiflaydigan xulq-atvor; tolerant xulq me’yorlari va qoidalarini belgilashni nazarda tutadigan kommunikativ, shaxsning qadriyatli yo‘nalganligi, refleksiya, o‘zini o‘zi kuzatish qobiliyatini aks ettiradigan mental kabi talabalar tolerantligi rivojlanganligini baholash mezonlarini aniqlashtirish, talabalarda o‘zaro hamkorlik va madaniyatga oid qadriyatlar, kasbiy faoliyat uchun ratsional ijtimoiy-psixologik qarorlarga tayanib, hamkorlikni amalga oshirish malakalarini rivojlantirishga ko‘maklashadigan ijtimoiy o‘zaro hamkorlik usullari (sensitiv trening) va o‘yinli modellashtirishdan foydalanish bilan tarix fanlarining pedagogik imkoniyatlarining ergonomik tarkibiy qismini o‘z ichiga olgan pedagogik shart-sharoitlarni takomillashtirishga doir takliflardan “Ijtimoiy ish yo‘nalishi talabalari uchun treninglar to‘plami”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 sentyabrdagi 89-03-3519-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarixni o‘qitish jarayonida talabalarda tolerantlikni rivojlantirishga doir treninglarni tashkil etish samaradorligini oshirishga erishilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish