Holikulova Feruza Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinflarda bayon yozishga o‘rgatish orqali o‘quvchilarning yozma nutqini shakllantirish metodikasi”, 13.00.02.-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.Phd/Ped2008.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Ernazarova Manzura Saparbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc).
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Ulfat Maxkamov Ilxomovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning yozma nutqini shakllantirish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich ta’limda yozma nutqni shakllantirishning metodik tuzilmasi o‘quvchilarning nutqi va tafakkurini uyg‘unlikda rivojlantirishga doir empirik, evristik, integrativ komponentlarni tanqidiy tafakkurni rivojlantirishning chaqiriq, anglash, fikrlash bosqichlari bilan ichki aloqadorligi barqarorligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bayon yozishga o‘rgatishda yozma nutqini shakllantirish mexanizmi sifatida mustaqil fikrlash va kreativ faoliyatga yo‘naltiruvchi didaktik o‘yinlar, konstruktiv mashqlar, lug‘at bilan ishlash kabi usullarini interfaol dasturiy vositalar bilan adaptiv qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarni bayon yozishga o‘rgatish orqali yozma nutqini shakllantirish mazmuni mnemik-ta’limiy faoliyatga asoslangan obrazli xotira, so‘z-mantiq xotirasi, kumulyasiya, adekvat kabi yondashuvlarni hamda savodxonlikka xizmat qiladigan topshiriqlar majmuini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
bayon yozish vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yozma nutqini shakllantirish texnologiyasining tashkiliy-jarayonli komponenti tizimlilik, mantiqiylik, inversion kabi ta’limning intensiv mezonlariga asoslangan qadamlar ketma-ketligini belgilab beruvchi metodikani ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning yozma nutqini bayon yozishga o‘rgatish orqali shakllantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bog‘lanishli nutqini shakllantirishga qo‘yiladigan lingvodidaktik talablar, bayon yozishga o‘rgatishning mnemik-ta’limiy xususiyatlari, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yozma nutqini shakllantirish samaradorligiga oid nazariy xulosalarni qo‘llashga doir takliflardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan FZ-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2021 yil 25 noyabrdagi 226-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yozma nutqini shakllantirish samaradorligining oshishiga erishilgan;
bayon yozishga o‘rgatish orqali o‘quvchilarning yozma nutqini shakllantirishda milliy qadriyatlarning manba sifatida o‘rnini aniqlash va ularning yozma nutqdagi ahamiyati, uni ifodalovchi vositalarning o‘rni va darajasi, nutq va tafakkur integratsiyasiga oid nazariy xulosalariga doir takliflardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2012-2014 yillarda bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uygunligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2021 yil 25 noyabrdagi 226-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning yozma nutqini o‘stirish yuzasidan ijodiy bayon yozish metodikasi uslubiy imkoniyatlarining izohlanishida asos bo‘lib xizmat qilgan;
bayon yozishga o‘rgatish orqali o‘quvchilarning yozma nutqini shakllantirishda naql-maqollarning manba sifatida o‘rnini va ularning yozma nutqdagi ahamiyatini aniqlashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan 2012-2014 yillarda olib borilgan FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi amaliy ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 21 sentyabrdagi 17.01/232-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bog‘lanishli nutqini o‘stirishda maqol va matallardan foydalanish yo‘llari takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarni bayon yozishga o‘rgatish orqali yozma nutqini shakllantirish mazmunini takomillashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2013-2016 yillarda olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 15 sentyabrdagi 244/1-son ma’lumotnomasi). Natijada bayon yozishga o‘rgatish orqali o‘quvchilarning nutqi va tafakkurini uyg‘un holda shakllantirishga doir o‘quv topshiriqlari mazmuni takomillashtirilgan.