Xamroev Samijon Salimovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sport to‘garaklari orqali o‘quvchilarning jismoniy madaniyatini rivojlantirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1305.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Taylanova Shoxida Zaynievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponetlar: Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Axmedov Furqat Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sport to‘garaklari orqali o‘quvchilarning jismoniy madaniyatini rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning jismoniy madaniyatini rivojlantirishning ergonopedagogik xususiyatlari munazam mashq qilish orqali ta’lim oluvchilarning shaxsiy kamolotga erishishga yo‘naltirish, uzluksiz o‘z-o‘zini anglash orqali jismoniy sifatlarni egallash, irodalilik, mehnatsevarlik, jasurlik kabi tayanch ma’naviy kompetensiyalarni o‘zlashtirish jarayonining motivatsion va kognitiv komponentlar bilan regulyativlik darajasini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
sport to‘garaklarining o‘quvchilarda jismoniy madaniyatni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy, estetik potensiali faoliyatga doir, aksiologik, psixoterapevtik, vegetativ yondashuvlar bo‘yicha ta’lim oluvchilarning qadriyatli yo‘nalganligini aniqlash orqali mashg‘ulotlarni diffferensial tarzda tashkil etishning ehtiyojga asoslangan ichki motivatsiyani barqarorlashtirishga doir pedagogik mexanizmni kengaytirish orqali takomillashtirilgan;
sport to‘garaklari orqali o‘quvchilarning jismoniy madaniyatini rivojlantirish modelining tashkiliy-pedagogik komponenti tayanch, variativ, mustaqil faoliyat kabi tarkibiy qismlarga asoslangan nazariy-metodik bilimlarni maxsus, metapredmetli, sport-sog‘lomlashtiruvchi modulli mashg‘ulotlar jarayonida tarkib toptirish orqali takomillashtirilgan;
sport to‘garaklari vositasida o‘quvchilarning jismoniy madaniyatini rivojlantirish ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarligidagi ijobiy o‘zgarishlar, fanga doir kognitiv, qadriyatli-mazmunli, informatsion kompetensiyalar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar antropometrik testlar, funksional sinov, jismoniy tayyorgarlik testlari kabi baholash usullarini muntazamlik va takroriylik dinamikasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sport to‘garaklari orqali o‘quvchilarning jismoniy madaniyatini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarning jismoniy madaniyatini rivojlantirishning ergonopedagogik xususiyatlarini munazam mashq qilish orqali ta’lim oluvchilarning shaxsiy kamolotga erishishga yo‘naltirish, uzluksiz o‘z-o‘zini anglash orqali jismoniy sifatlarni egallash, irodalilik, mehnatsevarlik, jasurlik kabi tayanch ma’naviy kompetensiyalarni o‘zlashtirish jarayonining motivatsion va kognitiv komponentlar bilan regulyativlik darajasini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan pedagogika ta’lim sohasi Davlat ta’lim standarti va 5112000 – Jismoniy madaniyat bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 89-03-5558-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchilarini o‘quvchilarda jismoniy kompetensiyalarni shakllantirishga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
sport to‘garaklarining o‘quvchilarda jismoniy madaniyatni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy, estetik potensialini faoliyatga doir, aksiologik, psixoterapevtik, vegetativ yondashuvlar bo‘yicha ta’lim oluvchilarning qadriyatli yo‘nalganligini aniqlash orqali mashg‘ulotlarni diffferensial tarzda tashkil etishning ehtiyojga asoslangan ichki motivatsiyani barqarorlashtirishga doir pedagogik mexanizmni kengaytirish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni 2025 yilgacha rivojlantirish “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalangan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 89-03-5558-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida sport to‘garaklari orqali jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
sport to‘garaklari orqali o‘quvchilarning jismoniy madaniyatini rivojlantirish modeli, kompetensiyaviy yondashuv asosida sport to‘garaklari vositasida o‘quvchilarning jismoniy madaniyatini rivojlantirishning ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarligidagi ijobiy o‘zgarishlar, fanga doir kognitiv, qadriyatli-mazmunli, informatsion kompetensiyalar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarini antropometrik testlar, funksional sinov, jismoniy tayyorgarlik testlari kabi baholash usullarini muntazamlik va takroriylik dinamikasini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan ITD-4-122 “Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish-ning tarbiya texnologiyasini ishlab chiqish” (2009-2011 yy.) amaliy loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 89-03-5558-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda jismoniy madaniyatni rivojlantirishning diagnostik tizimini takomillashtirishga erishilgan.