Raxmatov Otabek Urinbosarovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘quvchilarning milliy sport turlariga qiziqishini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish (umumiy o‘rta ta’lim maktablari misolida)», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1540.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti
Ilmiy rahbar: Taylanova Shoxida Zaynievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponetlar: Mahmudova Muyassar Mahmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ma’murov Baxodir Baxshulloevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarning milliy sport turlariga qiziqishini rivojlantirish texnologiyasi mazmuni va tashkiliy pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning milliy sport turlariga qiziqishini rivojlantirish jarayonining tuzilmasi sport o‘yinlari haqidagi bilimlar shaxsiy ahamiyatlilik kasb etuvchi motivatsion, faoliyatni tashkil etishdagi hissiy barqarorlikni ta’minlaydigan emotsional, irodaviylik, chidamlilik kabi sifatlarda namoyon bo‘ladigan komponentning jismoniy tayyorgarlik bilan internallashuv darajasini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning milliy sport turlariga qiziqishini rivojlantirishning didaktogen omillari ta’lim oluvchilarning gender xususiyatlarini hisobga olish asosida sport o‘yinlariga maqsadli yo‘naltirish, taktik va strategik texnikani bosqichma-bosqich maqbullashtirib borish, refleksiv pozisiyani egallash uslubini faollashtirish jarayonlarining individual-tipologik jihatdan namoyon bo‘lishini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning milliy sport turlariga qiziqishini rivojlantirish modelining tashkiliy komponenti jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kouch-trenerlik faoliyatini kooperativ va kollaborativ funksiyalarini jadallashtirish, fasilitativ muhitni yaratish orqali ta’lim oluvchilarda komandada ishlash kompetensiyani rivojlantirish jarayonini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning milliy sport turlariga qiziqishini rivojlantirish texno-logiyasining amaliy bosqichi ommaviy, jamoaviy (nafas olishni sog‘lomlashtirish, kollaboratsiya, kooperatsiya), individual (mustaqil tayyorgarlik, maslahat, yakka tartibdagi trening) ish shakllarini qat’iy tartibga solingan jismoniy mashq, raqobat usullari bilan qayta aloqasi intensivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarning milliy sport turlariga qiziqishini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarning milliy sport turlariga qiziqishini rivojlantirish jarayoni-ning tuzilmasini sport o‘yinlari haqidagi bilimlarni tarkib toptiruvchi kognitiv, shaxsiy ahamiyatlilik kasb etuvchi motivatsion, faoliyatni tashkil etishdagi emotsionallikni ta’minlovchi emotsional, irodaviylik, chidamlilik kasbi sifatlarda namoyon bo‘ladigan irodaviy komponentning jismoniy tayyorgarlik bilan internallashuv darajasini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 dekabrdagi 89-03-5623-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy tarbiya va sport vositasida o‘quvchilarda ma’naviy fazilatlarni rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘quvchilarning milliy sport turlariga qiziqishini rivojlantirishning didaktogen omillarini aniqlash-tirish, o‘quvchilarning milliy sport turlariga qiziqishini rivojlantirish modelining tashkiliy komponentini jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kouch-trenerlik faoliyatini kooperativ va kollaborativ funksiyalarini jadallashtirish, fasilitativ muhitni yaratish orqali ta’lim oluvchilarda komandada ishlash kompetensiyani rivojlantirish algoritmini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025 yilgacha rivojlantirish “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 dekabrdagi 89-03-5623-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarni milliy sport turlariga qiziqishini tizimli ravishda rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning milliy sport turlariga qiziqishini rivojlantirish texnologiyasining amaliy bosqichini ommaviy, jamoaviy, individual ish shakllarini qat’iy tartibga solingan jismoniy mashq, o‘yin, raqobat usullari bilan qayta aloqasi intensivligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan F1-XT-0-16955-“Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini zamonaviy yondashuvlar asosida loyihalash” (2014-2016 yy.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 dekabrdagi 89-03-5623-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning milliy sport turlariga qiziqishini rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga erishilgan.