Mingbaeva Barno Ubaydullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik vositasida badiiy adabiyot namunalariga qiziqishni shakllantirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped1077.
Ilmiy rahbar: Djuraev Risboy Xaydarovich, pedagogika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Farsaxanova Dilafruz Rizaxanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik vositasida badiiy adabiyot namunalariga qiziqishni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyati badiiy adabiyot namunalariga intellektual-estetik qiziqish motivatsiyasini oshirish, hissiy tasavvurlarni badiiy asarning mazmunini idrok etish orqali boyitish, bunyodkor-reproduktiv obrazli tafakkur yuritishga gender va yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda yo‘naltirish orqali rivojlantirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida badiiy adabiyot namunalariga qiziqish motivatsiyasi voqelikni aynan idrok etish, diskursiv-polemik vaziyatlar, asarlarni muhokama etishda zavqlanish, badiiy asarlar mohiyatini anglash hamda muvaffaqqiyatli vaziyatlarni yaratishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
badiiy adabiyotga qiziqish motivlari o‘qishga qiziqishini shakllantirish darajasini aniqlashga qaratilgan shaxsning hayotiy, kitobxonlik tajribasi hamda muayyan badiiy adabiyotlarga qiziqishning diagnostik parametrlarini yosh va individual xususiyatlarga tadrijiylik prinsiplari bo‘yicha moslashtirish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida badiiy adabiyotlarga qiziqishni shakllantirish modeli kitob bilan muloqotga kirishish, asar qahramonlariga baho berish, milliy koloritni his etish, adabiyot namunalarining muayyan turiga bo‘lgan qiziqishlari doimiyligini muntazam ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik vositasida badiiy adabiyot namunalariga qiziqishni shakllantirish mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyati badiiy adabiyot namunalariga intellektual-estetik qiziqish, hissiy tasavvurlarini boyitish, bunyodkor-reproduktiv obrazli tafakkur yuritishga yo‘naltirish asosida rivojlantirishga oid takliflar PZ-2016-0912232947 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarbiyaviy soatlarni o‘tkazishni takomillashtirish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 16 noyabrdagi 02-07-3599/04-son dalolatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik vositasida badiiy adabiyot namunalariga qiziqishni shakllantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini kengaytirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida badiiy adabiyot namunalariga qiziqish motivatsiyasi diskursiv-polemik vaziyatlar, asarlarni muhokama etishda zavqlanish hamda o‘zini-o‘zi rivojlantirish muhitini shakllantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 16 noyabrdagi 02-07-3599/04-son dalolatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik vositasida badiiy adabiyot namunalariga qiziqish jarayonining pedagogik-psixologik jihatlarini aniqlash imkoni oshirilgan;
badiiy adabiyotga qiziqish motivlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qishga qiziqishini shakllantirish darajasini aniqlashga qaratilgan rivojlantiruvchi diagnostik parametrlarni yosh va individual xususiyatlarga moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 16 noyabrdagi 02-07-3599/04-son dalolatnomasi). Natijada, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda badiiy adabiyot namunalariga qiziqishni shakllantirish vositalari, shakl va metodlariini belgilash hamda pedagogik jarayon modelini takomillashtirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida badiiy adabiyotlarga qiziqishni shakllantirish modeli kitob bilan muloqotga kirishish, asar qahramonlariga baho berish, milliy koloritni his etish, adabiyot namunalarining muayyan turiga bo‘lgan qiziqishlari doimiyligini muntazam ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2016-0912232947 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarbiyaviy soatlarni o‘tkazishni takomillashtirish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 16 noyabrdagi 02-07-3599/04-son dalolatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida badiiy adabiyot namunalariga qiziqishning shakllanganlini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini aniqlash imkoni yaratilgan.