Abdunazarov Lutfillo Mamanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ekologik ta’lim va tarbiyaning nazariy asoslarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped116.
Ilmiy rahbar: Nigmatov Asqar Nigmatullaevich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Akramov Xusnitdin Muxitdinovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent; Komilova Nilufar Qarshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim jarayonida ekologik ta’lim va tarbiyaning zamon talablariga moslashtirishning nazariy asoslarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchi-yoshlarni ta’lim jarayonida ekologik bilimlarini takomillashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari ijtimoiy-pedagogik, hududiy-geografik, etnografik-mental, ekologik bilimlarining internal va eksternal namoyon bo‘lish darajalarini empirik baholash orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchi-yoshlarda ekologik ta’lim va tarbiyani takomillashtirishning korporativ-pedagogik, motivasion, muhitga moclashish, reflekcivlik pedagogik-pcixologik xucuciyatlarining rasionallik bilan uyg‘unligini ta’minlash tizimi hamda oila va maktab hamkorligining o‘ziga xoc jihatlarini integrasiyalash orqali aniqlashtirilgan;
o‘quvchi-yoshlarda ekologik ta’lim-tarbiyani takomillashtirishning algoritmik bosqichlari o‘quvchilarning yoshi, jismoniy imkoniyatlari va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda nazariy va amaliy bilimlarning aloqadorligini optimallashtirish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish mexanizmlari muntazamlilik, izchillik va uzlukcizlik tamoyillari orqali ekologiyaga oid kompetensiyaviy yondashuvlarning funksional aloqadorligining gorizontal va vertikal integratsiyasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ekologik ta’lim va tarbiyaning nazariy asoslarini takomillashtirishga doir ilmiy ishlanmalar, amaliy-metodik takliflar asosida:
ta’lim jarayonida ekologik ta’lim va tarbiya takomillashuvining ekomifologik dunyoqarashda, turmush tarzida namoyon bo‘lishining hududiy-geografik, etnografik-mental, ijtimoiy-pedagogik xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilishiga doir taklif va tavsiyalar “Milliy uzluksiz ekologik ta’lim konsepsiyasining loyihasi” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari” hamda “Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi” tomonidan 2015 yil 12 mayda tashkil etilgan “Mamlakatimizda ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish” ilmiy-amaliy konferensiyada muhokama etilib, uning natijalari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi 434-son “O‘zbekiston Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 12 apreldagi 04-02/8-1466-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekistonda ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasining metodologik va nazariy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ekologik ta’lim va tarbiyani takomillashtirishning korporativ-pedagogik, motivatsion, muhitga moslashish, refleksivlik pedagogik-psixologik xususiyatlarining ratsionallik bilan uyg‘unligini ta’minlash tizimi hamda oila va maktab hamkorligining o‘ziga xos jihatlarini integratsiyalash asosida aniqlashtirishga doir tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliginining 2020 yil 30 iyundagi 359-sonli buyrug‘i asosida 359-3/96 raqami bilan ro‘yxatga olinib, nashr etilgan “Markaziy Osiyo geografiyasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta mahsus ta’lim  Vazirliginining  2020  yil  30 iyundagi 359-son buyrug‘i). Natijada O‘zbekiston ekologik partiyasining yosh avlodni ekologik madaniyatini yuksaltirish, ekologik ta’lim tizimi uzluksizligini ta’minlashga doir targ‘ibot tadbirlari samaradorligini ta’minlashga erishilgan;
milliy kasbiy ta’limda ekologik ta’lim va tarbiyaning metodologiyasi ta’lim oluvchilarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyalari, o‘quv materiallari bilan ishlash va amaliy faoliyat tajribasini integratsiyalashga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 7/1-sonli hamda Ekologik va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 6 avgustdagi 6-sonli qo‘shma buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Maktabgacha ta’lim tizimida ekologik ta’lim va tarbiyani joriy etish chora-tadbirlari”ni respublika miqyosida joriy etishda, shuningdek, 2021 yildan boshlab maktabgacha ta’lim tizimi rahbar xodimlari uchun 4 soatlik “Mahalliy miqyosdagi ekologik ta’lim-tarbiya va hayot faoliyati xavfsizligini tashkil etish”, mutaxassislar uchun 4 soatlik “Maktabgacha ta’lim tashkilotida ekologik ta’lim-tarbiya va hayot faoliyati xavfsizligini tashkil etish”, qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari uchun 18 soatlik “Ekologiyaning dolzarb muammolari va hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv modullarining namunaviy dasturlari va ishchi dasturlari hamda o‘quv-uslubiy majmualarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 26 apreldagi 02-02/2-1261-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining tegishli yo‘nalishdagi o‘quv jarayonini samarali tashkil etishning nazariy va amaliy asoslarini takomillashtirishga erishilgan;
ekologik ma’naviyatli shaxs mazmuni va unda ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish mexanizmlari muntazamlilik, izchillik va uzluksizlik tamoyillari orqali funksional imkoniyatlari  takomillashtirishga doir takliflar O‘zbekiston Ekologik partiyasi Farg‘ona viloyat tuman va shahar kengashlari faoliyatini kengaytirish maqsadida eko-siyosiy madaniyatni shakllantirish, murabbiylik faoliyati, tajriba almashishni muvofiqlashtirish, omma oldida so‘zlashda ko‘proq ishonchga ega bo‘lish, yetakchilik rolini qo‘lga kiritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni ta’minlashga qaratilgan master-klasslar tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston ekologik partiyasining 2021 yil 2 martdagi 3/83-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston Respublikasi aholisi orasida ekologik madaniyatni rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish