Kuzikulov Ikromjon Umaralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosatining Turkistondagi etnomadaniy jarayonlarga ta’siri (Farg‘ona vodiysi materiallari asosida)”. 07.00.07 – “Etnografiya, etnologiya va antro¬po¬lo¬giya” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018/3 PhD/Tar371.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ulug‘bek Saydanovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Davlatova Saodat Tilovberdievna, tarix fanlari doktori; Xo‘jaxonov Ismoiljon Mansurovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosatining mahalliy xalqlar xo‘jalik - madaniy hayotiga ta’sirini Farg‘ona vodiysi misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Rossiya imperiyasi istilosi arafasida Farg‘ona vodiysi aholisining etnik tarkibidagi transformatsion jarayonlar yuzasidan yangi ma’lumotlar ilmiy iste’molga kiritilib, aholini ko‘chirish siyosati natijasida vodiy aholisi milliy tarkibidagi o‘zgarishlar aniqlangan;
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida vodiydagi milliy xo‘jalik mashg‘ulotining ekin-tikinchilik an’analarining o‘ziga xos jihatlari hamda xo‘jalikdagi g‘o‘za, boshoqli ekinlar, mevali daraxtlarning yangi navlari mahalliylashtirilganligi, mehnat qurollarining takomillashtirilganligi kabilar kiritilganligi dalillangan;
Farg‘ona vodiysining yarimko‘chmanchi va yarimo‘troq chorvador aholisi xo‘jaligida dehqonchilik madaniyatining qaror topishiga ta’sir ko‘rsatgan etnohududiy, ekologik va innoetnik omillar Rossiya imperiyasining Turkistonda yuritgan siyosati bilan bog‘liq ekanligi, o‘troqlashuv jarayonida dehqonchilik asosiy xo‘jalik turiga aylanganligi va dehqonchilikning shakllanishida o‘zbek hamda tojik aholining ta’siri katta bo‘lganligi aniqlangan;
vodiy aholisining an’anaviy uy-joy, kiyim-kechak va taomlar kabi moddiy madaniyati, shuningdek, an’anaviy urf-odat va marosimlarida yuz bergan transformatsion jarayonlarga rusiyzabon aholi madaniyatining ta’sir ko‘rsatganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Rossiya imperiyasi istilosi arafasida Farg‘ona vodiysi aholisining etnik tarkibi masalasiga oid yangi ma’lumotlar ilmiy iste’molga olib kirilganligi, aholini ko‘chirish siyosati natijasida vodiy aholisi milliy tarkibidagi o‘zgarishlar, milliy o‘zlikni anglash, urf-odat va an’analarimizni yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash kabi ma’lumotlardan Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi faoliyatida foydalanilgan (Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining 2019 yil 12 avgustdagi 02/09-1066-19-son ma’lumotnomasi). Bu mamlakatimiz aholisi, xususan, yoshlarning kundalik hayotda milliylik va zamonaviylik uyg‘unlashuviga doir jarayonlarni ilmiy asosda o‘rganishga va milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasi” targ‘ibotini amalga oshirishda xizmat qilgan;
Farg‘ona vodiysining yarimko‘chmanchi va yarimo‘troq chorvador aholisi xo‘jaligida dehqonchilik madaniyatining qaror topishi, Rossiya imperiyasining Turkistonda yuritgan siyosati, o‘troqlashuv jarayonida dehqonchilik asosiy xo‘jalik turiga aylanganligi, vodiy aholisining moddiy madaniyati, an’anaviy urf-odat va marosimlarida yuz bergan o‘zgarishlarga rusiyzabon aholi madaniyatining ta’siri kabi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Millatlararo munosabatlar va do‘stlik aloqalari” Qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Millatlararo munosabatlar va do‘stlik aloqalari” Qo‘mitasining 2019 yil 24 sentyabrdagi 01-09-1580-son ma’lumotnomasi). Natijada  XIX asr oxiri – XX asr boshlarida vodiydagi dehqon xo‘jaliklarining o‘ziga xos jihatlari hamda xo‘jalikdagi yangiliklar, mehnat qurollarining takomillashtirilganligini targ‘ib qilishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish