Malikova Dilraboxon Maxmudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida mutolaa madaniyatini shakllantirishning pedagogik tizimi», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3 PhD /Ped578
Ilmiy rahbar: Safarova Roxat Gaybillaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatova Gulshan Amankulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida mutolaa madaniyatini shakllantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda mutolaa madaniyatini shakllantirish jarayonining mazmuni ma’naviy qadriyat sifatidagi asarlarning tarixiy taraqqiyot bosqichlari, muomala madaniyati me’yorlariga intelektual yondashuv, pozitiv dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan fikriy faollik, matnning hayoliy tasvirini semantik bog‘lanishlar hamda passiv va strategik xulosalar chiqarish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning mutolaa madaniyati matnni qayta ishlash, metakognitiv xotira va intuisiyasi, kitobxonlik strategiyalari, kitobxonlik qobiliyatini mantiqiy izchillikda madaniy-intelektual hamda milliy qadriyatlarga mos ifodalash orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning metakognitiv layoqatlari pedagogik sharoitlar yaratish, e’tibor qaratiladigan vaziyatlarni belgilash, ta’kidlangan va qayd etilmagan muhim va ikkinchi darajali ma’lumotlarni aniqlash, mutolaa bilan bog‘liq vazifalarni ajratish hamda matn sarlavhasi bilan mazmuni orasidagi mutanosiblikni ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda mutolaa madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli tahlil-mutolaa, refleksiya, mental tafakkur va bilimlarni tizimli idrok etish, reproduktiv mushohada qilish ko‘nikmalarini hamda samarali fikrlashni maxsuldor mulolaa texnologiyasi vositasida faollashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida mutolaa madaniyatini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida:
o‘quvchilarda mutolaa madaniyatini shakllantirish jarayonining mazmuni ma’naviy qadriyat sifatidagi tarixiy taraqqiyot bosqichlari, madaniyatshunoslik yondashuvi, mental tafakkur yo‘nalishlari, ilg‘or xalqaro pedagogik tajribalarga tayanish asosida aniqlash bo‘yicha takliflar FZ-2016-0909111822-raqamli “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 2 dekabrdagi 02-07-3856/04-son dalolatnomasi). Natijada, o‘quvchilarda mutolaa madaniyatini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlarini xalqaro va tarixiy yondashuvlar asosida tahlil qilish imkoniyati oshirilgan;
o‘quvchilarning mutolaa madaniyati kitobxonlik, matnni qayta ishlash, metakognitiv, kognitiv, tanqidiy fikrlash, kitobxonlik strategiyalari, kitobxonlik qobiliyatini mantiqiy izchillikda ifodalash asosida takomillashtirish yuzasidan berilgan tavsiyalar A-1-197 raqamli “Navoiy adabiy-pedagogik qarashlarining o‘rni va ahamiyatini tadqiq etish” mavzusidagi loyihai amalga oshirishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 2 dekabrdagi 02-07-3856/04-son dalolatnomasi) Natijada, o‘quvchilarda mutolaa madaniyatini shakllantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini sinflar kesimida tasniflashga ershilgan;
o‘quvchilarning metakognitiv layoqatlari pedagogik sharoitlar yaratish, e’tibor qaratiladigan vaziyatlarni belgilash, ta’kidlangan va qayd etilmagan, muhim va ikkinchi darajali ma’lumotlarni aniqlash, mutolaa bilan bog‘liq vazifalarni ajratish, strategik maqsadlar qo‘ya olish, faoliyat natijalarini baholash, matn sarlavxasi bilan mazmuni orasidagi mutanosiblikni ta’minlash asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar FZ-2016-0909111822-raqamli “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 2 dekabrdagi 02-07-3856/04-son dalolatnomasi) Natijada, o‘quvchilarda mutolaa madaniyatini shakllantirish vositalari, shakl va metodlari, strategiyalarini belgilash imkoniyati oshirilgan;
o‘quvchilarda mutolaa madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli tahlil-mutolaa, refleksiya, mental tafakkur va bilimlarni tizimli idrok etish, reproduktiv mushohada qilish ko‘nikmalarini samarali fikrlashni faollashtirish hamda yangi echimlarni izlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar A-1-197 raqamli “Navoiy adabiy-pedagogik qarashlarining o‘rni va ahamiyatini tadqiq etish” mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 2 dekabrdagi 02-07-3856/04-son dalolatnomasi) Natijada, o‘quvchilarda mutolaaa madaniyati shakllanganligini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini aniqlash imkoni yaratilgan.