Temirov Zokirjon Abdilvoxidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Farg‘ona vodiysi viloyatlarida demografik jarayonlar rivojlanishining hududiy xususiyatlari», 11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Gr72.
Ilmiy rahbar: Qodirov Rahimjon Boltaboevich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSs.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: Tojieva Zulxumor Nazarovna, geografiya fanlari doktori; Jumaxanov Shavkatjon Zairjanovich, geografiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida demografik jarayonlar rivojlanishiga xos hududiy xususiyatlarni aniqlash, baholash va hududiy demografik rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini ilmiy jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi tabiiy o‘sishi yuqori bo‘lgan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida aholining nikohlanish va tug‘ilish koeffisienti o‘rtasidagi korrelyasiya (R=0,41 dan R=0,65 gacha) dinamikasi (2010-2020 yy.) aniqlangan;
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida aholining tug‘ilish, o‘lim va tabiiy ko‘payish ko‘rsatkichlari o‘xshash bo‘lgan xududlarni komplekslik, tarixiylik va xududiy yaxlitlik tamoyillari asosida demografik rayonlashtirilgan va kartasi GAT texnologiyasida yaratilgan;
Farg‘ona vodiysi viloyatlari shahar va tumanlari aholi soni, salmog‘i, demografik jarayonlar (tug‘ilish, o‘lim, nikoh va ajralish), yosh-jinsiy va hududiy tarkibining 2040 yilgacha mo‘ljallangan prognoz parametrlari “yoshni siljitish” metodi orqali ishlab chiqilgan;
aholi tabiiy harakati ko‘rsatkichlari pasayib borishining hududlar bo‘yicha tarqalishidan yuzaga keladigan “geodemografik to‘lqinlar”ning yo‘nalishlari aniqlangan.
hududiy demografik jarayonlar rivojlanishining (aholini hududiy qayta tashkil etish, o‘rtacha umr davomiyligi va demografik bosimni ortishi) kelajak parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida demografik jarayonlar rivojlanishiga xos hududiy xususiyatlar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida aholining nikohlanish va tug‘ilish koeffisienti o‘rtasidagi korrelyasiya koeffisienti dinamikasi 2010-2020 yillardagi o‘zgarishi aniqlangan hamda geodemografik omillar asosida yanada rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlari Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 12 dekabrdagi 05/12-02-6/10-5020 ma’lumotnomasi). Natijada, inson kapitali darajasi va sifatini oshirish bo‘yicha dasturlarni takomillashtirish imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida aholining tug‘ilish, o‘lim va tabiiy ko‘payish ko‘rsatkichlari o‘xshash bo‘lgan xududlarni demografik rayonlashtirish kartasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligi faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligining 2021 yil 1 dekabrdagi 03-05-2021 ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Milliy atlasining O‘zbekiston Respublikasi aholisi bo‘limi kartalarini yaratishda, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari aholisi va mehnat resurslari kartalarini takomillashtirish va axborotlar bazasini yangilash imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysi viloyatlari shahar va tumanlari aholi soni, salmog‘i, demografik jarayonlar (tug‘ilish, o‘lim, nikoh va ajralish), yosh-jinsiy va hududiy tarkibining 2040 yilgacha mo‘ljallangan prognoz natijalaridan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 12 dekabrdagi 05/12-02-6/10-5020 ma’lumotnomasi). Natijada, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining 2040 yilgacha bo‘lgan davrda aholining samarali bandligini oshirish va munosib ish bilan ta’minlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga oid parametrlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida aholi tabiiy harakati ko‘rsatkichlari pasayib borishining hududlar bo‘yicha tarqalishidan yuzaga keladigan “geodemografik to‘lqinlar”ning yo‘nalishlari va hududiy demografik rivojlanish parametrlariga oid ma’lumotlari 2022-2026 yillarda iqtisodiy islohatlarni jadallashtirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish jarayonlarida belgilangan dasturlarni ishlab chiqishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 12 dekabrdagi 05/12-02-6/10-5020 ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini oshirish, mehnat resurslarini to‘g‘ri taqsimlashga, hamda inson kapitali darajasini oshirish orqali iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalish va vazifalarni ishlab chiqish imkonini bergan.