Yodgorov Nizomiddin Narmaxmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Beqaror tuproq jinsli va xemogen qatlamlarni burg‘ilash uchun ingibirlangan burg‘ilash eritmalarini yaratish va ishlab chiqish», 04.00.11 – Quduqlarni burg‘ilash va o‘zlashtirish texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T1084.
Ilmiy rahbar: Murtazaev Abdijabbar Mustafaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/05.06.2020.T.03.06.
Rasmiy opponentlar: Raximov Akbarxodja Komilovich, texnika fanlari doktori, professor; Raupov Anvar Abdurashidovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “O‘zbekneftgaz” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: murakkab tog‘-geologik sharoitida gil va xemogen tog‘ jinsi qatlamlarni burg‘ilab, quduq devorlarining mustahkamligini oshirish uchun ingibitorlovchi samarali burg‘ilash eritmalarining tarkibini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gidrolizlangan gossipol smola va soapstokning monoetanolamin, dietanolamin bilan modifikatsiyalab samarali ingibitorlar - modifikatsiyalangan ko‘p funksiyali kompleks reagent (MKR) va gidrofob kompleks emul`gator (GKE) olingan va ular asosida ingibirlovchi burg‘ilash eritmalarining tarkibi ishlab chiqilgan;
modifikatsiyalangan ko‘p funksiyali kompleks reagentlar MKR va GKElarning yuqori samaradorlikka egaligi ularning molekulasi tarkibidagi yuqori yog‘-moy va polimerlangan kislotalar xosilalarining aktiv metall ionlari bilan birgalikdagi ta’siri natijasida yuzaga kelishi nazariy asoslangan va amaliy tajribalar asosida isbotlangan;
burg‘ilash jarayoniga qatlamlardagi yuqori xarorat va polimineral-lashgan muhit tajovuzkorli sharoitida gidrolizlangan gossipol smolasi va soapstok asosida olingan ko‘p funksiyali reagentlar MKR va GKE asosida tayyorlangan ingibirlovchi burg‘ilash eritmasining samaradorligi tajribaviy hamda amaliy tadqiqotlar natijasi asosida ishlab chiqilgan;
burg‘ilash eritmasi fil`tratining gilli tog‘ jinsiga ta’siri jarayonida kuzatiladigan gil zarrachalarining bo‘kishi (dispergatsiyalanishi, xo‘llanishi, gidratlanishi) nazariy va tajribaviy tadqiqotlar asosida gil jinsi zarrachalarining yuzasining fil`trat tarkibidagi ko‘p funksiyali faol guruhlar ta’sirida gidrofoblanishi ya’ni (gil jinsi-eritma sistemasi) gossipol smolasi va soapstokning gidrolizatini modifikatsiyalab olingan yangi reagentlarning maksimal ingibirlash samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
MKR va GKE asosidagi samarali ingibirlangan burg‘ilash eritmalari, emul`sion va neft`-emul`sion burg‘ilash eritmalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
modifikatsiyalangan kompleks reagent asosida ingibirlangan xossaga ega bo‘lgan (MKR-1) burg‘ilash eritmasi “Qashqadaryoparmalash” AJdagi Alan konining №202 qudug‘ida amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2021 yil 21 sentyabrdagi 04-24-358-son ma’lumotnomasi). Natijada, burg‘ilangan qattiq zarrachali tog‘ jinslarining quduq tubida cho‘kishi kamayganligi, burg‘ilash suyuqligining gidrodinamik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini bergan;
mahalliy ishlab chiqarish chiqindilari asosida boyitilgan bentonit va modifikatsiyalangan polimer reagentli burg‘ilash eritmasi “Qashqadaryoparmalash” AJga qarashli Alan gazokondensat konidagi №202 qudug‘ida amaliyotda joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2021 yil 21 sentyabrdagi 04-24-358-son ma’lumotnomasi). Natijada, modifikatsiyalangan polimer reagenti MPR va boyitilgan bentonit MBlar texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlarini va ishlab chiqarishdagi ekologik samaradorligini oshirish imkonini bergan;
quduqlarni burg‘ilash jarayonida ishlab chiqilgan modifikatsiyalangan kompleks reagenti MKR-1 va GKElar asosida burg‘ilash eritmalari “Koson NGQE” MChJga qarashli Yormoq gazokondensat konidagi №9 qudug‘ida amaliyotda joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2021 yil 21 sentyabrdagi 04-24-358-son ma’lumotnomasi). Natijada, eritmaning qovushqoqligi, siljishning statik kuchlanishi ikki marta kamayganligi, gidrodinamik burg‘ilash tezligi oshganligini asoslash imkonini bergan.