Xakimov Kamoliddin Abdukarimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Baxmal tumani tabiatidan foydalanishda landshaft rejalashtirishni qo‘llash», 11.00.01 - Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Gr143.
Ilmiy rahbar: Sharipov Shavkat Muxamajanovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSs.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: Nigmatov Asqar Nigmatullaevich, geografiya fanlari doktori, professor; Abdullaev Ilhom Xatamovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Baxmal tumani tabiatidan barqaror foydalanishni landshaft rejalashtirish asosida tashkil etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Baxmal tumani landshaftlari va ularning morfologik birligi bo‘lgan urochishelar ilk bor dala tadqiqotlari hamda aerokosmik metodlar (NDWI, NDVI, Contour (SRTM), Image classification, Surface raster algoritmlari va ma’lumotlari) asosida aniqlangan va GIS texnologiyalari yordamida yirik (1:50000) masshtabli kartasi yaratilgan;
landshaftlarni xo‘jalikda foydalanish nuqtai nazaridan baholash mezonlarini takomillashtirish asosida tuman landshaftlari miqdor va sifat ko‘rsatkichlarda (eng qulay, qulay, o‘rtacha, o‘rtachadan past, noqulay, yaroqsiz) baholangan hamda amaliyotda foydalanish uchun yirik masshtabli mavzuli kartalari yaratilgan;
tog‘ va tog‘oldi hududida joylashgan Baxmal tumani sharoitida maqbul xo‘jalik faoliyat turlarini maqsadli taqsimlash asosida landshaft rejalashtirish metodikasi takomillashtirilgan;
yaylovlar biomassasining o‘zgarishi rel`ef (morfologiyasi, morfometriyasi) va agroiqlimiy ko‘rsatkichlarga (o‘simliklarning vegetatsiya davri, ertangi va kechki sovuqlar, xavfli meteorologik hodisalar) bog‘liqligi dala kuzatuv va NDVI algoritmi asosida isbotlangan hamda yaylov chorvachiligida urochishelardan almashlab foydalanishning optimal davrlari(sanalari) aniqlangan;
Baxmal tumanida tabiatdan foydalanish turlari (qishloq xo‘jaligi, shaharsozlik, rekreatsiya va turizm) landshaft rejalashtirish asosida urochishelar doirasida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Baxmal tumani tabiatidan foydalanishda landshaft rejalashtirishni qo‘llash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Baxmal tumanining ilk bor yaratilgan “Landshaft”, “Rel`ef parchalanishining zichligi va chuqurligi”, “Yonbag‘irlar nishablik darajasi”, “Tabiatdan foydalanish turlari” kartalari O‘zbekiston Milliy atlasining “Landshaftlar va tabiiy geografik tumanlashtirish” bo‘limiga kiritilgan “Landshaft xaritasi”, “Landshaftlarni shaharsozlik maqsadlarida tumanlashtirish” kartalari, “Rel`ef” bo‘limiga kiritilgan “Rel`ef parchalanishining zichligi”, “Rel`ef parchalanishining chuqurligi”, “Rel`efni qishloq xo‘jaligida foydalanish maqsadida tiplashtirish” kartalarini tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 7 yanvardagi № 03-03-10 son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Milliy atlasining mazmunini boyitish, undagi kartalarning ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish imkoniyatini bergan.
Baxmal tumani landshaftlarini xo‘jalikda foydalanish maqsadlarida baholash natijalari va yaratilgan kartalari Baxmal tumani tabiiy resurslaridan foydalanishni rejalashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 7 yanvardagi № 03-03-10 son ma’lumotnomasi). Natijada, Baxmal tumanida erdan foydalanish turlarini optimal joylashtirish imkonini bergan.
tog‘ va tog‘oldi hududlarida maqbul xo‘jalik faoliyat turlarini maqsadli taqsimlash asosida takomillashtirilgan landshaft rejalashtirish metodikasi “Geoekologiya va landshaft ekologiyasi” nomli darslikga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 may 676-043 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning tabiatdan foydalanish va landshaftlardagi ekologik muammolarning oldini olish xaqidagi kompetensiyasini takomillashtirish imkoniyatini bergan;
Baxmal tumani erlarining qiyaligi, eroziyaga uchraganligi, parchalanganligi va ekspozisiyasini urochishelar doirasida aniqlash usullari ekin turlarini joylashtirish va agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 7 yanvardagi № 03-03-10 son ma’lumotnomasi). Natijada, erlarni almashlab ekish, agrotexnik tadbirlarni ekin dalalarining rel`ef xususiyatlaridan kelib chiqib takomillashtirish imkoniyatini bergan.