Karimova Lola Muzafarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdurahmon Jomiy ta’limotida inson kamoloti haqidagi g‘oyalar va ularning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1. PhD/Fal409.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Ilmiy rahbar: Navro‘zova Gulchehra Ne’matovna, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Guli Tilavovna, falsafa fanlari doktori, professor; Muzaffarov Feruz Davronovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abdurahmon Jomiy ma’naviy merosidagi inson kamolotiga oid g‘oyalarning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abdurahmon Jomiyning aniq va tabiiy fanlar (astronomiya, geometriya, algebra)dagi darajasi Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi bergan astronomiyaga oid “Tazkira” asariga yozgan sharhi, “Sharhi mulahhas” va “Majmuai murosalot” deb nomlangan tavsiflar asosida aniqlangan va uning falsafa tarixida ahillik va hamjihatlik, halollik, vijdon, chin insoniy fazilatlarni jirkanch illatlarga qarshi qo‘yish orqali jaholatga qarshi ma’rifat konsepsiyasini amalga oshirganligi asoslab berilgan;
“Bahoriston” asaridagi insonparvarlik, tinchlik, ahillikka oid tasavvufiy g‘oyalarining Bahouddin Naqshband va Muhammad Porsoning komillikka oid ta’limotlari bilan dialektik aloqadorligi aniqlangan hamda ilk marotaba rashha-hikmatli so‘zlarining yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati bugungi kun talablari bilan hamohangligi ochib berilgan;
Abdurahmon Jomiy ta’limotidagi inson kamolotiga oid g‘oyalarning yosh avlod ongiga singdirish orqali barkamol avlodni inson qadrini ulug‘lash va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy yuksalishda gumanistik tafakkur obrazini shakllantirish, innovatsion fikrlash madaniyatini o‘stirishdagi o‘rni falsafiy jihatdan asoslab berilgan;
mutafakkir tasavvufiy qarashlarining gumanistik mohiyatidagi oilaviy tarbiya, bunyodkorlik, axloqiy tarbiya, do‘stlik haqidagi qarashlari “Bahoriston”, “Lavoeh” asarlari asosida turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishda mustahkam immunitetni shakllantirish omili ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdurahmon Jomiy ta’limotida inson kamoloti haqidagi g‘oyalar va ularning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Abdurahmon Jomiyning aniq va tabiiy fanlar (astronomiya, geometriya, algebra)dagi darajasi Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi bergan astronomiyaga oid “Tazkira” asariga yozgan sharhi asosida “Sharhi mulahhas” va “Majmuai murosalot” deb ataladigan tavsiflar asosida aniqlanganligi va uning falsafa tarixida ahillik va hamjihatlik, halollik, vijdon, chin insoniy fazilatlarni jirkanch illatlarga qarshi qo‘yish orqali jaholatga qarshi ma’rifat konsepsiyasini amalga oshirganligiga oid xulosa va umumlashmalardan Respublika “Istiqbolli avlod” Ijtimoiy axborot markazining 52-01/252-son “Munosib hayot sari yo‘l” (2018-2019 yy) amaliy loyihasi hamda “Muvaffaqiyat sari bir qadam” amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining 2021 yil 6 dekabrdagi18/1-664-son ma’lumotnomasi). Natijada, Abdurahmon Jomiy ma’naviy merosidagi inson kamolotiga oid g‘oyalarning yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishini targ‘ib etish va singdirishga xizmat qilgan;
“Bahoriston” asaridagi insonparvarlik, tinchlik, ahillikka oid tasavvufiy g‘oyalarining Bahouddin Naqshband va Muhammad Porsoning komillikkaoid ta’limotlari bilan dialektik aloqadorligi aniqlangan hamda ilk marotaba rashha-hikmatli so‘zlarining yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati bugungi kun talablar bilan hamohangligiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi boskichga ko‘tarishga doir ko‘shimcha chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishi “Yoshlarda sog‘lom dunyokarash, jumladan, kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda axborot xurujlariga karshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish chora-tadbirlari” 39-bandi Ichki va tashki tahdidlarga karshi kurashish, g‘oyaviy-mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan salohiyatli, professional kasbiy tayyorgarliklarga ega bo‘lgan politexnolog kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishga doir targ‘ibot ishlarini amalga oshirishda hamda yoshlarning mafkuraviy targ‘ibotni kuchaytirishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 16 avgustdagi 02/08-967-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar orasida millatlararo do‘stlik, hamkorlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik va insonparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga ijobiy ta’sir etgan;
Abdurahmon Jomiy ta’limotidagi inson kamolotiga oid g‘oyalarning yosh avlod ongiga singdirish orqali barkamol avlodni inson qadrini ulug‘lash va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy yuksalishda gumanistik tafakkur obrazini shakllantirish, innovatsion fikrlash madaniyatini o‘stirishdagi o‘rniga oid nazariy umumlashma va xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “Ta’lim va taraqqiyot” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda, yoshlar uchun maxsus ijtimoiy videoroliklar ishalb chiqishda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 11 sentyabrdagi 2/230-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni mutafakkir ta’limotidagi inson kamoloti haqidagi g‘oyalarning hozirgi kundagi barkamol avlodni tarbiyalashga, halqimizda bebaho merosimizga hurmat hissini shakllantirishga, Abdurahmon Jomiy qarashlarni o‘rganishning yangicha ilmiy va milliy asosda yondashuvni tarkib toptirishga xizmat qilgan;
mutafakkir tasavvufiy qarashlarining gumanistik mohiyatidagi oilaviy tarbiya, bunyodkorlik, axloqiy tarbiya, do‘stlik haqidagi qarashlari “Bahoriston”, “Lavoeh” asarlari asosida turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishda mustahkam immunitetni shakllantirish omili ekanligiga oid xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining mamlakatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni samarali joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning II bandi Mahallalarda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat muhitini shakllantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishga doir vazifalar ijrosini ta’imnlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining 2021 yil 1 iyundagi 01-11/293-son ma’lumotnomasi). Natijada, oilalarda shaxslararo munosabatlarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishda Abdurahmon Jomiy ma’naviy merosidagi inson kamoloti haqidagi g‘oyalar, oila a’zolarining axloqiy hatti-harakatlar normalari bo‘yicha ilmiy-nazariy, amaliy xulosalar chiqarishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish