Abbasova Maftuna Subxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “ Sog‘lom ma’naviy raqobatning jamiyat ijtimoiy muhitini yangilashga ta’siri ”, 09.00.04 – Ijtimoiy-falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fal384.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Negmatova Shaxzoda Shuxratovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Qiyom Normirzaevich, falsafa fanlari doktori, professor; Isroilov Bektosh Erkinovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sog‘lom ma’naviy raqobatning jamiyat ijtimoiy muhitini yangilashdagi ijtimoiy-falsafiy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
barqaror taraqqiyotni ta’minlashning muhim omili bo‘lgan ma’naviy yangilanish va qadriyatlarni tiklash jarayonida sog‘lom ma’naviy raqobatning ijtimoiy zaruriyati, fuqarolik jamiyati rivojidagi yaratuvchanlik ahamiyati va strategik pozisiyasi falsafiy jihatdan asoslangan;
sog‘lom ma’naviy raqobatning mohiyati, ijtimoiy zaruriyati, yoshlarning kelajak poydevorini yaratishdagi sotsial ahamiyati hamda sotsiumni sog‘lomlashtirishda sog‘lom ma’naviy raqobatning teleologik (maqsadga muvofiqlik) xarakterga ega ekanligi falsafiy jihatdan isbotlangan;
sog‘lom ma’naviy raqobat va ijtimoiy muhit aloqadorligining ijobiy qadriyatlar, yangi tuzum va turmush g‘oyalarini qaror toptirish, samarali va ta’sirchan usul va vositalar bilan targ‘ib etishga oid falsafiy xususiyatlari hamda axborotlashgan jamiyatda yangi zamon qadriyatlarini singdirish, jahon xalqlari yutuqlaridan foydalanishning ahamiyati aniqlangan;
amoralizmik jarayonlar va marginal ma’naviyatning salbiy oqibatlariga qarshi kurashda sog‘lom ma’naviy raqobat transformatsiyasi zaruriyati mantiqiy argumentlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sog‘lom ma’naviy raqobatning sotsiumni optimallashtirishga ta’sirini tadqiq etish asosida:
barqaror taraqqiyotni ta’imnlashning muhim omili bo‘lgan ma’naviy yangilanish va qadriyatlarni tiklash jarayonida sog‘lom ma’naviy raqobatning ijtimoiy zaruriyati, fuqarolik jamiyati rivojidagi yaratuvchanlik ahamiyati va strategik pozisiyasiga oid nazariy xulosalar va metodologik tavsiyalardan AIF-2/13 raqamli “O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchi faoliyatini baholash” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat universitetining 2021 yil 02 noyabrdagi 10-4311-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy loyihani takomillashtirishga hissa qo‘shdi hamda professor-o‘qituvchilarning atrofdagi turli ma’naviy tajovuzlarga ongli ravishda qarshi tura olishi o‘z irodasiga qat’iy ishonchi, fidoyiligi va vatanparvarligiga yo‘naltirilgan amaliy tavsiyalar tayyorlashga xizmat qilgan;
sog‘lom ma’naviy raqobatning mohiyati, ijtimoiy zaruriyati, yoshlarning kelajak poydevorini yaratishdagi sotsial ahamiyati hamda sotsiumni sog‘lomlashtirishda sog‘lom ma’naviy raqobatning teleologik (maqsadga muvofiqlik) xarakteriga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi majlisining 2021 yil yanvardagi O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirining IV. “Yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, jumladan, kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish” yo‘nalishining 33 bandi “Yosh ota-onalar, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari uchun 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni jismonan, ma’nan, intellektual rivojlanish uchun milliy tarbiya ruhida voyaga etkazish”ga qaratilgan innovatsion kompleks dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda samarali foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 13 sentyabrdagi 02/08-1085-son dalolatnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan loyiha dasturining yanada takomillashtirishga hamda Markazning ish faoliyatiga doir olib borayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarida yoshlar orasida sog‘lom ma’naviy raqobat hissini shakllantirishda  muhim manba sifatida xizmat qilgan;
amoralizmik jarayonlar va marginal ma’naviyatning salbiy oqibatlariga qarshi kurashda sog‘lom ma’naviy raqobat transformatsiyasi zaruriyatiga ilmiy umumlashma va nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy markazi tomonidan nashr etilgan, VII-XVI asrlarda yashagan 650 nafar Sharq alloma va mutafakkirlari haqidagi tarixiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan  “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi” mavzusidagi ensiklopediyani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy markazining 2021 yil 18 avgustdagi 02/329-son dalolatnomasi). Natijada ilmiy-tadqiqot loyihasini yanada takomillashtirishga va keng jamoatchilikka kishilar ongida sog‘lom ma’naviy raqobat yaratishning konseptual asosi sifatda diniy tafakkur muhim ahamiyati etkazishga xizmat qilgan;
sog‘lom ma’naviy raqobat va ijtimoiy muhit aloqadorligining ijobiy qadriyatlar, yangi tuzum va turmush g‘oyalarini qaror toptirish, samarali va ta’sirchan usul va vositalar bilan targ‘ib etishga oid falsafiy xususiyatlari hamda axborotlashgan jamiyatda yangi zamon qadriyatlarini singdirish, jahon xalqlari yutuqlaridan foydalanish, hayotni erkinlashtirish va modernizatsiyalashning ahamiyatiga oid xulosalar, metodologik tavsiya va amaliy takliflaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi “Assalom Samarqand” ko‘rsatuvining ssenariysini hamda “Ta’lim va taraqqiyot” radioeshittirishining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasiining 2021 yil 8 noyabrdagi 01-11/545-son ma’lumotnomasi). Natijada, sog‘lom ma’naviy raqobatning ijtimoiy ahamiyati va uni shakllantirish usullari, uning jamiyat ijtimoiy muhitini yangilashga bo‘lgan ta’siri masalalarini ommaga etkazishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish