Sayt test rejimida ishlamoqda

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish jarayonida idoralararo va idoraviy axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalarini oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonini raqamlashtirish bo‘yicha axborot tizimlari bilan integratsiyalash ishlari amalga oshirilmoqda.
«Elektron hukumat» tizimi doirasida oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonini raqamlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan axborot tizimlari quyidagi tizimlarga integratsiyalanib, idoralararo ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan:
“Davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot-tahlil tizimi” dasturiy-apparat kompleksiga ilmiy darajalar va ilmiy unvonlarda tasdiqlanganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasiga ega bulgan idoraviy axborot tizimin integratsiya qilindi. Axborot tizimlarining integratsiyasi  natijasida idoralararo darajada ma’lumotlardan avtomatik tarzda hamkorlikda foydalanish va elektron tarzda tegishli ma’lumotlarni avtomatik ravishda shakllantirish imkonini yaratildi;
«Elektron hukumat» tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona tizimiga “Ilmiy darajalar kompleks-tahliliy axborot tizimi” va “Ilmiy unvonlar kompleks-tahliliy axborot tizimi” idoraviy   axborot tizimlari bilan integratsiya qilinib, natijada tizim foydalanuvchilari uchun identifikatsiyalash jarayonini soddalashtirish va tizim axborot xavfsizligini ta’minlash imkoni yaratib berildi;
«Elektron hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashgan platformasiga “Ilmiy darajalar kompleks-tahliliy axborot tizimi” va “Ilmiy unvonlar kompleks-tahliliy axborot tizimi” idoraviy axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi natijasida elektron hukumatning yagona identifikatorlari orqali jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni markaziy ma’lumotlar bazasidan olish yo‘lga qo‘yildi.
Oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarni attestatsiyasi jarayonini raqamlashtirish bo‘yicha amaldagi tartib-qoidani takomillashtirish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar, ilmiy jamoatchilik bilan kelishilgan holda, qator takliflar ishlab chiqilib, ularni joriy qilish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan: ilmiy daraja diplomi va ilmiy unvon attestatlarining elektron nusxalarini ilova qilgan holda talabgorlarga ma’lumot beruvchi xizmat Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiya qilinadi.
OAK axborot tizimlarini boshqa axborot tizimlariga integratsiya qilish orqali ma’lumotlar almashinuvini tashkil qilish bo‘yicha ishlar bundan keyin ham izchil tarzda tashkil qilinadi.


OAK Axborot xizmati

Yangiliklarga obuna bo‘lish