Axmedov Ibrat Amrillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Revmatoid artrit kasalligida mushaklar zararlanishlarining klinik-immunologik  diagnostikasi va davolash usullarini optimallashtirish», 14.00.05-Ichki kasalliklar, 14.00.36-Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1401.
Ilmiy raxbar: [Toirov Erkin Sanatovich], tibbiyot fanlari doktori, Ziyadullaev Shuxrat Xudoyberdievich tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti huzuridagi PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash..
Rasmiy opponentlar: Axmedov Xolmurod Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori; Musaxodjaeva Dilorom Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Saratov davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Revmatoid artrit kasalligida mushaklardagi  o‘zgarishlarning diagnostik ahamiyati hamda terapevtik strategiyani qo‘llash orqali davolashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda kasallikning davomiyligi va og‘irlik darajasi mushaklar funksiyasi, impul`s o‘tkazuvchanligining buzilishi bilan bog‘liqligi asoslangan; 
revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda yallig‘lanishga qarshi CD3+, CD4+, CD20+, CD38, CD16+, CD23+, CD25,  CD8, CD45 komplementlarda o‘zgarish kuzatilishi oqibatida mushaklarda immun genezli zararlanish rivojlanishi aniqlangan;  
revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda mushaklarning autoimmun yallig‘lanishini aniqlashda gistidil-tRNK-sintetazaga (Jo-1) qarshi antitanalar va yallig‘lanishning immun komplementlari orasida o‘zaro to‘g‘ri korelyasion  bog‘liqligi aniqlangan;
revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarni davolashda  L-karnitin aminokislotasi va elektromiostimulyasiya muolajalarini kompleks qo‘llash orqali mushaklar faoliyatining neyrofunksional qobiliyatini tiklanishi  isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
revmatoid artrit kasalligida mushaklar zararlanishlarining klinik-immunologik  diagnostikasi va davolash usullarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
revmatoid artrit kasalligida mushaklar zararlanishlarining diagnostikasi va davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida «Revmatoit artrit kasalligida mushaklar zararlanishini ambulator sharoitda aniqlash algoritmi» nomli uslubiy  tavsiyanoma  tasdiqlangan  (Sog‘liqni  saqlash vazirligining 2021 yil 10 iyuldagi 8n-r/634-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi va ikkilamchi bo‘g‘inida faoliyat yuritib kelayotgan revmatologlar, oilaviy shifokorlarga mo‘ljallangan bo‘lib, undagi tavsiyalar RA bilan kasallangan bemorlarda immunologik va neyrovizual o‘zgarishlar mushaklar zararlanishining erta tashxislash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
revmatoid artrit kasalligida mushaklar zararlanishlarining diagnostikasi va davolash usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan  «Revmatoid artrit  bilan  bemorlarni ambulator sharoitda  olib  borish  algoritmi» nomli  uslubiy  tavsiyanoma  tasdiqlangan  (Sog‘likni saqlash vazirligining 2021 yil 10 iyuldagi 8n-r/633-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada mushaklarga berilgan rag‘batlantiruvchi muolajalar asnosida RA kasalligida mushaklarga bog‘liq holda yuzaga keluvchi o‘zgarishlarni oldini olish imkonini bergan.  
revmatoid artrit kasalligida mushaklar zararlanishlarining diagnostikasi va davolash tashxislash va uni davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan Qarshi shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, Qarshi shahar  4-, 6-oilaviy poliklinikalari hamda Navoiy viloyati ko‘p tarmokli tibbiyot markazida klinik amaliyotga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 avgustdagi 8 n-z/275-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi, erta tashhislashni, kasallik kechishini bashorat qilish, o‘z vaqtida kelib chiqadigan asoratlarni profilaktikasini  optimallashtirishga, hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilab, davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish