Mamaradjabov Sobirjon Ergashevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda odam exinokokkozini erta tashhis qo‘yish yo‘llarini yaxshilash va xirurgik yordamni tashkil etishni takomillashtirish», 14.00.23 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menedjment, 14.00.27 – Xirurgiya.
Ilmiy maslahatchilar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Baymakov Sayfiddin Risbaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot  institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Junichi Sakamoto, tibbiyot fanlari doktori, professor (Yaponiya); Ismailov Saidmurod Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori; professor; Urakov Shuxrat Tuxtaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Cha Bundang medical center, Cha University (Janubiy Koreya).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: exinokokkoz kasalligini erta tashxislash, oldini olish, og‘ir turlarini patogenetik davolash tartibini ishlab chiqish hamda xirurgik yordamni tashkil etishni takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
exinokokkoz kasalligini erta aniqlash va oldini olishda ommaviy tekshiruv o‘tkazish orqali sanitar-epidemiologik xizmat takomillashtirilgan;
exinokokkoz kichik o‘lchamli kistalari aniqlangan bemorlar sonining o‘sishini bartaraf etish xamda kasallikning qaytalanishini oldini olish uchun kimyoviy davolash samaradorligi ilmiy isbotlangan; 
exinokokkoz bilan xastalangan bemorlar qonidagi pesilomikoz sferulalari me’yoriy ko‘rsatgichlarining keskin ko‘payishi sababli immun tizimining pasayishi kuzatilib natijada exinokokk kistasining yiringlashiga olib kelishi isbotlangan;
ilk bora katta xajmli exinokokk kistalarining jarroxlik amaliyotida zamonaviy videolaparoskopiya va kutukiloekstraktor moslamasini qo‘llash natijasida asoratlarni kamayishi, a’zoni saqlash va funksional holatini tiklanishiga olib kelishi isbotlangan;
exinokokkoz kasalligida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Exinokokkoz bilan kasallangan bemorlarni erta tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Exinokokkoz bilan kasallangan bemorlarni erta tashxislash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Exinokokkoz bilan kasallangan bemorlarda pesilomikozni aniklash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 8n-r/605-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Exinokokkoz bilan kasallangan bemorlarda pesilomikozni erta tashxislashni samarali amalga oshirish imkonini bergan;
Exinokokkoz kasalligining epidimiologiyasi va profilaktikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Xavf guruxida axolida exinokokkoz profilaktikasi va uni erta aniklash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 8n-r/604-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma exinokokkoz kasalligini erta tashhislash sifatini yaxshilash, davolash jarayonida ixtisoslashgan yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatishni sezilarli darajada kengaytirilishi kasallik asoratlari va nogironlik darajasini 3 va 2 baravarga kamaytirish hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
Exinokokkoz kasalligining klinik-diagnostik asoslari va ularni davolashni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarkand davlat tibbiyot instituti 1-klinikasi va L.M. Isaeva nomidagi tibbiy parazitologiya ilmiy tadkikot instituti amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 iyundagi 08-09/5890-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar exinokokkoz kasalligini tashxislash sifatini yaxshilashga, davolash davrini qisqartirishga, remissiya davrini uzaytirishga va asoratlar sonini kamaytirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish