Yusupov Anvar Sabirdjanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Operatsion travmadan bola organizmi anesteziologik himoyasini optimallashtirish» 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib453.
Ilmiy konsul`tant: [Agzamxodjaev Talat Saidalimovich], tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Juraboy Marifboevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Avakov Vyacheslav Ervandovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kim En-Din, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli kombinatsiyali anesteziya o‘tkazish sharoitida organizmning asosiy xayotiy funksiyalariga ta’sirini hisobga olgan xolda operatsion jaroxatdan bolalarning anesteziologik himoya natijalarini yaxshilash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
operatsion jarohatlardan himoya qilish, xavfsizlik va ularning har birini differensial tanlovi samaradorligini, anesteziologik qo‘llanma variantlarining bolalar uchun hayotiy muhim tizimlariga ta’sirini baholashda kompleks yondashuvi tizimi asoslangan;
bolalarda kombinirlangan anesteziyaning turli xillarida gemodinamik ko‘rsatkichlar, gormonal fon, vegetotonus holati, malon dialdegidi va katalaza o‘zgarishlari asosida aniqlangan;
qorin bo‘shlig‘ining yuqori travmatik operatsiyalarida yurak-qon tomir tizimining me’yoriy ishlashi uchun optimal sharoit sevofluran va epidural anesteziya kombinatsiyasi bilan amalga oshirilishi isbotlangan;
bolalarda anesteziyaning turli xil variantlarida anesteziologik qo‘llanma xavfsizligini oshiruvchi ishlab chiqilgan kombinirlangan anesteziya usullari samaradorligi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Operatsion travmadan bola organizmi anesteziologik himoyasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalarda abdominal xirurgiya amaliyotida anesteziologik himoya qilish samaradorligini oshirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda abdominal xirurgiya amaliyotida anesteziologik himoya qilish samaradorligini oshirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 18 iyundagi 8n-r/160-son ma’lumotnomasi). Natijada abdominal xirurgiya amaliyotida bolalarni anesteziologik himoya qilish samaradorligini oshirish, operatsion shikastni kamaytirish orqali simpatovagus muvozanat va gemodinamik barqarorlik, bolalar o‘limi va nogironlikning kamaytirish bilan birgalikda davolashning samaradorligini oshirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
bolalarda oftalmologik operatsiyalarda ingalyasion anesteziya bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda oftalmologik operatsiyalarda ingalyasion anesteziya asosida og‘riqsizlantirish samaradorligini oshirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 18 iyundagi 8n-r/159-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalarda oftalmologik operatsiyalar uchun tavsiya etilgan optimal anesteziya variantlari samarali, xavfsiz, qulay va iqtisodiy jihatdan samarali natijasida bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
bolalarda qorin bo‘shlig‘i operatsiyalarida kombinirlangan multimodal anesteziyaning tarkibiy qismi sifatida sevoranni qo‘llash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda qorin bo‘shlig‘i operatsiyalarida kombinirlangan multimodal anesteziyaning tarkibiy qismi sifatida sevoranni qo‘llash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 18 iyundagi 8n-r/161-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalarda qorin bo‘shlig‘i operatsiyalarida kombinirlangan multimodal anesteziyaning tarkibiy qismi sifatida sevoranni qo‘llash usuli markaziy asab tizimi faoliyatini, markaziy gemodinamikani va bolalarda gomeostazni saqlab qolish uchun juda muhim bo‘lgan kompensator simpatoadrenal reaksiyalarni saqlab qolish imkonini bergan;
operatsion travmadan bola organizmi anesteziologik himoyasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Farg‘ona viloyati filiali, Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifoxonasi, Farg‘ona va Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli bolalar markazi, Navoiy viloyat oftalmologiya shifoxonasi, Sirdaryo viloyati ko‘p tarmoqli bolalar markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filiali klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 24 iyundagi 8n-d/78-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi tufayli jarrohlik aralashuvining hajmi va shikastlanish darajasi, anesteziya usuli va giyohvand moddalarni birgalikda ishlatish, bolalarni anesteziologik himoya qilish samaradorligini oshirish, bemorlarning umrini uzaytirish va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.