Hamraev Naim Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bosh miya jarohatlari bilan xastalangan bolalarni davolash bosqichlarida reabilitatsiya salohiyati va hayot sifatini baholash», 14.00.13 – Nevrologiya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib930.
Ilmiy rahbar: Raximbaeva Gul`nora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Chutko Leonid Semenovich –tibbiyot fanlari doktori professor (Rossiya Federatsiyasi); O‘rinov Muso Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: S.D. Asfendiyarov nomidagi qozoq milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi)
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bosh miya jarohati bilan xastalangan bolalarning oliy nerv faoliyatining klinik xususiyatlari, reabilitatsiya salohiyati va hayot sifatini baholash taktikasini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bosh miya jarohatlari bo‘lgan bolalarda reabilitatsiya bosqichida klinik kechishiga qarab mushak tonusi va pay reflekslarining pasayishi, tirishish sindrom mavjudligi, XII juft bosh miya nervlarning shikastlanishi, gemi va tetraparezning rivojlanishi, chuqur reflekslarning pasayishi kabi nevrologik buzilishlarning klinik va prognostik markeri ekanligi asoslangan; 
reabilitatsiya chora-tadbirlar fonida bosh miya jarohatining turli og‘irligi bo‘lgan bolalarda bosh miya jarohati kechishini umumiy ahvoli, hush buzilishi darajasi, yurak urishi tezligi ko‘rsatkichlari, qon bosimi, umum miya belgilari, bosh miya nervlarini va harakatlanish faoliyatini baholashning o‘rni isbotlangan;
korrelyasion o‘zaro bog‘liqlik asosida bosh miya jarohati bilan og‘rigan bolalarning reabilitatsiya salohiyatini ball asosida baholash asoslangan;
ilk bor reabilitatsiya salohiyatini baholashda bosh miya jarohatlari bilan xastalangan bolalarning hayot sifati ko‘rsatkichlari hisobga olingan holda amalgan oshirish isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bosh miya jarohatlari bilan xastalangan bolalarni davolash bosqchilarida reablitatsiya salohiyati va xayot sifatini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bosh miya jarohatlari bilan xastlangan bolalarni davolash bosqchilarida reablitatsiya salohiyati va hayot sifatini baholashda «Miyaning jarohatli kasallanishi bo‘lgan bolalarda reabilitatsiya imkoniyatlarini aniqlash usullari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 3 noyabrdagi 8n-z/393-son ma’lumotnomasi). Natijada bosh miya jarohatlari bilan xastlangan bolalarni davolash bosqchilarida reablitatsiya salohiyati va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan; 
bosh miya jarohatlari bilan xastalangan bolalarni davolash bosqchilarida reablitatsiya salohiyati va hayot sifatini baholashni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining klinik amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 dekabrdagi 08/09/20614-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bosh miya jarohatlari bilan xastalangan bolalarni davolash bosqchilarida reablitatsiya salohiyati va hayot sifatini baholashlik amaliyotning samaradorligini asoslash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish