Raimkulova Narina Robertovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda visseral buzilishlarni baholash va korreksiyalash usullari», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Tib485.
Ilmiy maslahatchi: Daminov Botir Turgunpulatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Marif Shakirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tojiev Botir Mirxashimovich tibbyot fandari doktori, professor; Abdullaev Sherzod Saydullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi COVID-19  bo‘lgan bemorlarda ichki organlardagi patofiziologik o‘zgarishlar, miokard funksiyasi, endotelial funksiya, tizimli yallig‘lanish, visseral kasalliklarning mavjudligiga qarab, kasallikning davomiyligiga ta’sir qiluvchi kursatkichlarini aniqlash uchun immunogematologik buzilishlar, shuningdek kasallik paytida ayrim farmakologik aralashuvlarning rolini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
visseral organlarning funksional holati, qon tomir endotelial funksiyasi, tizimli yallig‘lanish va immunogematologik buzilishlarni hisobga olgan holda COVID-19 ning yanada og‘ir kechishining prognostik belgilari aniqlangan;
COVID-19 o‘tkazgan bemorlarning komorbid fonini har tomonlama tahlil qilish asosida, salbiy kechishi va uzoq muddat shifoxonada qolishiga olib keladigan xavf omillari aniqlangan;
COVID-19 ning og‘ir kechishida buyrak disfunksiyasi va jigar markerlarining axamiyati shifoxonaga davolanish dinamikasiga ta’siri asoslangan;
o‘ng qorincha disfunksiyasi kursatkichlari COVID-19 ning yanada og‘ir kechishini bashorat qilishga imkon berishi aniqlangan;
COVID-19 bo‘lgan bemorlarda komorbid fonni hisobga olgan holda antioksidant L-karnitinni qo‘llash samaradorligi isbotlangan;
COVID-19 og‘irligi va miokard gipertrofiyasi darajasi, buyrak xamda jigar shikastlanishi belgilarini tizimli yallig‘lanish bilan bog‘liqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
COVID-19 kechishini bashorat qilishda visseral buzilishlarni va korreksiya usullarini hisobga olgan holda ilmiy tadqiqot natijalariga asoslangan:
surunkali somatik patologiyasi bo‘lgan bemorlarda COVID-19 kechishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "Surunkali somatik patologiyasi bo‘lgan bemorlarda COVID-19" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 iyundagi 8n-r/514-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma COVID-19 ga uchragan surunkali somatik patologiyasi bo‘lgan bemorlarni davolashni olib borish uchun ratsional choralar ko‘rish imkonini bergan;
koronavirus infeksiyasini boshidan o‘tkazgan bemorlarda endotelial funksiyani baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "Koronavirus infeksiyasini boshidan o‘tkazgan bemorlarda endotelial funksiya" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 iyundagi 8n-r/513-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma COVID-19 ga uchragan bemorlarda endotelial disfunksiyaning ta’sirini hisobga olgan holda antioksidant davolash usulining afzalliklarini ko‘rsatdi va davolash muddatini qisqartirishga imkon bergan;
COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda yurak-qon tomir buzilishini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda yurak-qon tomir buzilishini baholash" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 iyundagi 8n-r/501-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma COVID-19 da qon reologiyasini yaxshilaydigan, samarali va xavfsiz bo‘lgan, yurak-qon tomir patologiyasi bilan og‘rigan bemorlarni davolash amaliyotida doimiy qo‘llaniladigan vositalarning samaradorligini oshirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish