Ravshanova Dilafruz Tagaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Etiopotogenetik faktorlarni hisobga olgan holda tirnoq kasalliklarini diagnostika va davolash usullarini optimallashtirish», 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1. PhD/Tib481.
Ilmiy rahbar: Raxmatov Akram Baratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Mannanov Abdushukur Malikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tashkenbaeva Umida Alisherovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Immuno-biokimyoviy va mikrobiologik tekshiruvlarni hisobga olgan holda onixodistrofiyalarning turli shakllarida diagnostika va davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
etiologik omillarni o‘rganish asosida onixodistrofiyalarning mikotik, dermatologik, travmatik sabab paydo bo‘lgan alohida shakllari aniqlangan, ular uchun tirnoq patologiyasi kechuvi og‘irligini baholash mezonlari isbotlangan;
mikotik, dermatologik, travmatik sabab paydo bo‘lgan onixodistrofiyali bemorlardagi kasallikning klinik kechishi va organizmning endogen intoksikatsiyasining og‘irligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asoslangan;
mikotik, dermatologik, travmatik sabab paydo bo‘lgan bemorlardagi onixodistrofiyalarni davolash davomida kompleks terapiyaning samaradorligini baholash uchun hayot sifati mezonlari isbotlangan;
mikotik, dermatologik, travmatik sabab paydo bo‘lgan onixodistrofiyali bemorlarni davolashda kompleks davolash tarkibiga tirnoq o‘sishi va sifatini yaxshilovchi tizimli enzimoterapiya va onixotrop preparatli dorilar tavsiya qilingan, shu jumladan podologik apparatlar bilan davolash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tirnoq kasalliklari bilan xastalangan bemorlarga tashxis qo‘yish, uni davolash va profilaktik usullarini ishlab chiqish buyicha olingan natijalar asosida:
tirnoq kasalliklarining og‘irlik darajasini klinik-immunologik, mikrobiologik tashhislash usuli, kasallikni davolashning yangi usulini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan «Onixomikozlarning takomillashtirilgan diagnostikasi va davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 26 dekabridagi 8n-d/71-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma davolash usulining joriy etilishi turli xil etiologiyali onixodistrofiyalarni erta tashhislash va etiopatogenetik terapiyaning samaradorligini oshirish imkonini bergan;
onixodistrofiyalarning turli shakllarini diagnostika qilish va davolashning ishlab chiqilgan usullari sog‘liqni saqlash tizimi, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati hududiy filiali, Qoraqalpog‘iston viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseri klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 dekabrdagi 17-03-09n-d/20303-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish, tashhislash va davolashning yangi usullarini qo‘llash orqali bemorlar hayot sifatini yaxshilanishi, terapevtik samaradorlikning 69.5%ga oshirish, ambulator va statsionar davolash davomiyligini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini bergan.