Qilicheva Orasta Obidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Endotelial disfunksiya oqibatida tug‘ruqdan so‘ng qon ketishlar istiqbolini belgilash va profilaktikasi takomillashtirish», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2046.
Ilmiy rahbar: Karimova Nilufar Nabijonovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Toshkent tibbiyot akademiyasi); Shalina Raisa Ivanovna tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi). 
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan akusher-ginekologiya ilmiy-amaliy  tibbiyot markazi 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: endotelial disfunksiya metabolitlari va funksional o‘zgarishlar asosida tug‘ruqdan keyingi qon ketishlar istiqbolini belgilash va profilaktikasini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tug‘ruqdan so‘ng qon ketgan ayollarda homiladorlikkacha va homiladorlik vaqtida somatik patologiyalar, kamqonlik, anamnezida ginekologik kasalliklar mavjudligi, avvalgi tug‘ruqlari akusherlik qon ketishlari bilan asoratlanganligi, homiladorligida qon ketishning takrorlanishini oldini oladigan davo choralari olmaganligi, tayyorgarliksiz tug‘ruqqa kelganligi kabi xavf omillari yetakchilik qilgani isbotlangan; 
ilk bor ul`tratovush impedansometriyasi yordamida muddatidan oldin tug‘ish, preeklampsiya, anemiyaning o‘rta darajalarida oqim dilyatatsiya ko‘rsatkichining pastligi va og‘ir endoteliy disfunksiyasi aniqlanganligi tug‘ruqdan so‘ng qon ketgan ayollarda an’anaviy davolashning samarasi ishonarli pastligi va istiqboli noxush ekanligi isbotlangan;
homilador ayollarga L-arginin bilan qayta kurs tayinlanganda oqim dilyatatsiya ko‘rsatkichi oshganligi, muddatidan oldin tug‘ish xavfi va preeklampsiya og‘ir darajalarining uchrashi ishonarli darajada kamayganligi, homiladorlik yakuni istiqboli yaxshi bo‘lganligi isbotlangan;
ilk bor anamnezida tug‘ruqdan so‘ng qon ketish bo‘lgan homiladorlarda endotelin-1 miqdorining keskin oshishi, azot oksidi, E-selektin, tomir o‘sish omilining ishonarli ko‘payishi ularning homiladorlik davri uzayishi bilan ortib borishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Endotelial disfunksiya oqibatida tug‘ruqdan so‘ng qon ketishlar istiqbolini belgilash va profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida 
anamnezida akusherlik qon ketishlari bo‘lgan homiladorlarda qon ketishlar bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Anamnezida akusherlik qon ketishlari bo‘lgan homiladorlarda qon ketishlar istiqbolini belgilash va profilaktikasi algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 iyuldagi 8n-d/662-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma anamnezida akusherlik qon ketishlari bo‘lgan homiladorlarda qon ketishlar istiqbolini belgilash va profilaktikasini yaxshilash imkonini yaratgan;
anamnezida akusherlik qon ketishlari bo‘lgan homiladorlarda endoteliy disfunksiyasi bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Anamnezida akusherlik qon ketishlari bo‘lgan homiladorlarda endoteliy disfunksiyasini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 iyuldagi 8n-d/663-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma ushbu kategoriyadagi ayollarda endotelial disfunksiyasini aniqlash usullarini unifikatsiya qilish imkonini bergan;
endotelial disfunksiya oqibatida tug‘ruqdan so‘ng qon ketishlar istiqbolini belgilash va profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi, Romitan va Buxoro tuman tibbiyot birlashmalarining akusherlik bo‘limlari klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 7 yanvardagi 8r-q/03-son ma’lumotnomasi). Natijada, endotelial disfunksiyaning funksional va bioximik markyorlariga asoslanib akusherlik kon ketishlari xavfi yuqori bo‘lgan homiladorlarda qon ketishlarni bashoratlash, profilaktika qilish algoritmi ishlab chiqilgan, ayollar reproduktiv organi saqlanib hayot sifati oshishiga erishildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish