Karimova Gulrux Komilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gestatsion qandli diabetni erta tashxislashning biokimyoviy skriningi va uni profilaktikasi», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya; 14.00.25 – Klinik laborator va funksional diagnostika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib.1470.
Ilmiy rahbarlar: Ixtiyarova Gulchexra Akmalovna tibbiyot fanlari doktori, professor, Muminova Nigora Xayritdinovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02
Rasmiy opponentlar: Yakubova Oltinoy Abduganievna Andijon davlat tibbiyot instituti, akusherlik va ginekologiya, neonatologiya va endokrinologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.; Aripov Abdumalik Nigmatovich tibbiy xodimlar kasbiy malakasini oshirish instituti Klinik laborator va funksional diagnostika kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston Milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gestatsion qandli diabetni erta tashhislashda laborotor- instrumental (biokimyoviy-gormonal) markyorlariga asoslanib skrining usullarini tadbiq etish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tekshirilayotgan homilador ayollar orasida gestatsion qandli diabetning rivojlanish darajasi o‘rganildi va uning antenatal davr mobaynida kechishi laborator tahlilllar yordamida kuzatildi;
ilk bor gestatsion qandli diabetli homilador ayollarda eng katta xavf omillaridan bo‘lgan: semizlik va ortiqcha vaznli ayollar (75%), irsiyatida qandli diabet bo‘lishi (57,4%), preeklampsiya (66,2%), COVID-19ni o‘rta og‘ir, og‘ir va o‘ta og‘ir darajalarida kechishi (14,7%) tashkil qildi. Shuningdek UTT tekshiruvi naitijasida GQD homiladorlar organizmida dekompensatsion holatlarni erta tashxislash imkonini berdi;
D-dimer ko‘rsatkichlari bilan S-peptid, leptin, gomotsistein kabi sezuvchanligi yuqori laborator tahlillarning o‘zaro korrelyasion bog‘liqliginig o‘rganilishi homilani antenatal holatini o‘z vaqtida baholash va keyinchalik GDli homiladorlarni davolash rejasini tuzish imkonini berdi;
GQDli homiladorlarni ilk bor antenatal davrda va homila rivojlanishi holatini S-peptid, leptin va gomotsistein kabi sezgirligi yuqori laborator tahlillarni qo‘lash nazorat sifatini oshiradi va patologik holatlar aniqlanganda, davolash rejasini tuzish yoki homiladorlikni to‘xtatish ko‘rsatmalarini belgilab berdi;
ilk bor biz ishlab chiqgan GQDli homiladorlarni olib borish algoritmi, homila rivojlanish holati va homiladolar antenatal davri kechishini samarali baholash imkonini berib, perenatal va onalar kasalliklari, chaqaloqlar o‘limi kabi akusherlik asoratlarini kamaytiradi;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gestatsion qandli diabet kasalligi mavjud bemorlarda klinik-anamnestik prediktorlari va biokimyoviy, instrumental tekshiruvlar dinamikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gestatsion qandli diabet rivojlanish xavfi bo‘lgan akusherlik asoratlarini bashoratlash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Gestatsion qandli diabet rivojlanish xavfi bo‘lgan akusherlik asoratlarini bashoratlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 fevraldagi 8n-r/171-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma xomilador ayollarda semizlik, ko‘p suvli homiladorlik, homila antenatal o‘limi va nuqsoni kabi asoratlarning fonida gestatsion qandli diabet rivojlanishini oldini olish imkonini bergan usullar ishlab chiqilgan.
gestatsion qandli diabetning zamonaviy korreksiyasi va klinik-laborator tashhislash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Gestatsion qandli diabetning zamonaviy korreksiyasi va klinik-laborator tashhislash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 fevraldagi 8n-r/170-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma klinik va laborator tahlillarga asoslanib gestatsion qandli diabetni o‘z vaqtida korreksiyalash algoritmi yaratilgan;
kasallikni skriningi va profilaktikasi samaradorligini oshirish borasida olingan natijalarni sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Navoiy viloyati perenatal markazi, Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi klinik amaliyotiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligini 2020 yil 31 martdagi 8n-z/120-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi ona va bolalarda 2 tip qandli diabetni rivojlanish xavfini kamaytirishga, erta tashhislashni, kasallik kechishini bashorat qilish, o‘z vaqtida kelib chiqadigan asoratlarni profilaktikasini optimallashtirishga, hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilab, davolash chora-tadbirlarining samarodorligini oshirish imkonini bergan.