Daminova Kamola Maratovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ekstrarenal o‘zgarishlarni hisobga olgan holda surunkali buyrak kasalligi kechishini diagnostikasi va bashoratlashni muqobillashtirish», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Tib593.
Ilmiy maslahatchi: Sabirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc 04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mirvosit Mirvosiqovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Jabbarov Ozimbay Otaxanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Abdullaev Sherzod Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida surunkali buyrak kasalligi bilan kasallanish va uning avj olishida xavf omillarini aniqlash hamda tashxislashni takomillashtirish. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sog‘liqni saqlashni birlamchi bo‘g‘ini shifokorlari uchun “Surunkali buyrak kasalligini erta tashxislash va rivojlanishini oldini olish maqsadida kompyuter dasturi” ishlab chiqildi, bu kasallanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlar guruhi aniqlangan; 
sog‘liqni saqlashni birlamchi bo‘g‘ini sharoitida surunkali buyrak kasalligini erta tashxislash past darajada (24,88%) ekanligi va uni rivojlanishi uchun buyrak va buyrakdan tashqari xavf omillari inobatga olinmaganligi aniqlangan;
surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga erta tashxis qo‘yish va kasallik rivojlanishini oldini olish uchun skrining tekshiruvi o‘tkazilib, peshobda al`buminuriya va qonda kreatinin miqdorini aniqlash zarurligi isbotlangan;
ilk bor sog‘liqni saqlashni birlamchi bo‘g‘ini sharoitida buyrak kasalligining genealogik tahlili o‘tkazildi, surunkali buyrak kasalligi bilan kasallangan oilalarda uning bilan kasallanish yuqoriligi aniqlandi, bu esa kasallik rivojlanishiga nisbatan genetik moyillik omillaridan biri xisoblanib, sogliqni saqlashni birlamchi bo‘g‘ini va shifoxona sharoitidagi terapevtik bo‘limlarda kasallikga olib keluvchi xavf omili guruhlari aniqlangan;
surunkali buyrak kasalligi rivojlanishining yuqori prediktorli xavf omillari bo‘lib keksa yosh, kamqonlik, yuqori arterial bosim, tamaki chekish va qonda mochevina kursatkichi yuqoriligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ekstrarenal kasalliklarni hisobga olgan holda surunkali buyrak kasalligi tashxisoti va bashoratini takomillashtirish  bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
surunkali buyrak kasalligi hosil bo‘lish xavfi buyicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Surunkali buyrak kasalligi: dastlabki bosqichlarida surunkali buyrak kasalligi hosil bo‘lish xavfi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 noyabrdagi 8n-r/1161-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma kasallikning rivojlanishini erta tashxislash va oldini olish uchun birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatadigan bemorlarda surunkali buyrak kasalligi paydo bo‘lishi xamda rivojlanishi uchun xavf omillarini aniqlash imkonini bergan; 
surunkali buyrak kasalligi: ambulator sharoitida koptokchalar fil`tratsiyasi tezligi diagnostikasi buyicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Surunkali buyrak kasalligi: ambulator sharoitida koptokchalar fil`tratsiyasi tezligi diagnostik ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 noyabrdagi 8n-r/1162 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma kasallikning rivojlanishini erta tashxislash va oldini olish uchun birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatishda bemorlarda surunkali buyrak kasalligi paydo bo‘lishi va rivojlanishi uchun xavf omili sifatida koptokchalar fil`tratsiyasi tezligi xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan.
surunkali buyrak kasalliklarining tashxisi va oqibatini takomillashtirish, ekstrarenal kasalliklarni hisobga olgan holda tadqiqotning olingan ilmiy natijalari birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining amaliy faoliyatiga, xususan, Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 16-sonli oilaviy poliklinika, Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 48-sonli oilaviy poliklinika, shuningdek, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani TTB amaliyoti umumiy amaliyot shifokorlari faoliyatiga kiritildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 dekabrgi 8n-z / 556-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini birlamchi tibbiy-sanitariya yordami amaliyotiga joriy etish surunkali buyrak kasalligini o‘z vaqtida va erta tashxislash imkonini beradi. Ishlab chiqilgan kompyuter dasturidan foydalanish birlamchi tibbiy-sanitariya yordamida etarlicha tashxislay olmaslik holatlarini 24,88 foizdan 12,13 foizga qisqartiradi, bu esa bemorlarning dializgacha bo‘lgan hayot davri sifati va davomiyligini yaxshilash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish