Asqarova Nilufar Asqar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ambulator bosqichda kuzatuvga olingan surunkali yurak etishmovchiligi va qandli diabetning ikkilamchi profilaktikasining xususiyatlari», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1149.
Ilmiy rahbar: Tulaboeva Gavxar Mirokborovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot hodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc 04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Muxamedova Muyassar Gafurjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Karimov Ma’ruf Shakirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali yurak etishmovchiligi va qandli diabetli bemorlarning klinik-gemodinamik ko‘rsatkichlari, farmakoepidemiologik xolatlari, davolanishga bo‘lgan moyillik darajasini bemorlarning yoshiga ko‘ra taxlil qilish xamda "SYuE maktabi"ning samaradorligini ambulator sharoitida baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
60 yoshdan katta surunkali yurak etishmovchiligi va qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda davolanishga bo‘lgan moyillik ko‘rsatgichlari 60 yoshdan kichik bo‘lgan bemorlarga nisbatan yuqori ekanligi isbotlangan;
farmakoepidemiologik tekshiruv natijalari kombinatsiyali davo vositalaridan etarlicha foydalanilmaganligi, kunlik dozalarning miqdori past bo‘lganligi, qon bosim va yurak qiskarish sonini nazorat qilish bemorlarning yoshidan kattiy nazar past darajada ekanligi ko‘rsatilgan;
60 yoshdan katta bo‘lgan surunkali yurak etishmovchiligi va qandli diabetli bemorlarda takroriy shifoxonalarga yotqizilish sabablari kasallikning yuqori funksional sinflarining ko‘p uchrashi, chap korincha otish fraksiyasining past bo‘lishi, qondagi kreatinin, siydikchil miqdorining ortib borishi va koptokchalar fil`tratsiya tezligining sezilarli ravishda pasayishi bilan asoslangan;
ambulator sharoitida olib borilgan kompleks o‘quv dasturi, kasallikning klinik belgilarini kamayishiga, hayot sifatini yaxshilanishiga, miokardning jismoniy zo‘riqishga bardoshliligini ortishiga, bemorlarning takroriy shifoxonalarga yotqizilishini va shuning barobarida yillik o‘lim ko‘rsatgichini kamayishiga olib kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ambulator bosqichida kuzatuvga olingan surunkali yurak etishmovchiligi va qandli diabetning ikkilamchi profilaktikasining xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan:
birlamchi bo‘g‘im sharoitida surunkali yurak etishmovchiligi va qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda asoratlarni oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘imi sharoitida surunkali yurak etishmovchiligi va qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda asoratlarni oldini olish algoritmi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 25 yanvardagi 8n-d/39-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ambulator amaliëtida yurak qon-tomir asoratlarini oldini olishda “SYuE maktabi”ni qo‘llash orqali bemorlarda davo samarasini oshirish imkonini bergan;
Surunkali yurak etishmovchiligi va qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligining erta tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahri Olmazor tumani 17 va 18 oilaviy poliklinikalari faoliyatiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 dekabrdagi 08-09/21266–son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi surunkali yurak etishmovchiligi va qandli diabet mavjud bemorlarda davo samaradorligini oshirish hamda qayta shifoxonaga ëtqizish, o‘limni kamaytirish, xayot sifatini yaxshilash va davolanishga moyillikni oshirish imkonini bergan.