Tuksanov Alisher Iskandarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigardan tashqari portal gipertenziyasi bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik usuli bilan davolashning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:№B2021.2.PhD/Tib1978.
Ilmiy rahbar: Ismailov Saydimurad Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasanomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Berkinov Ulugbek Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gemorragik sindrom profilaktikasining maqbul usulini tanlashning taktik jihatlarini takomillashtirish orqali portal gipertenziyaning jigardan tashqari shakli bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
portal gipertenziyaning jigardan tashqari turi shakllanishining strukturaviy xususiyatlariga, shuningdek, etiologik omillar, jigar osti blokining joylashuvi va davomiyligiga bog‘liq holda portal tizimning gepatopetal gemodinamikasi va angioarxitektonikasidagi o‘ziga xos o‘zgarishlarga aniqlik kiritilgan;
portal tizimning mezenterial yoki taloq tomirlari tomonidan dekompressiya uchun ma’lum sharoitlar mavjud bo‘lganda, portal gipertenziyaning jigardan tashqari shaklida portotizimli shuntlash qizilo‘ngach-oshqozondan qon ketishi profilaktikasining ustuvor usuli ekanligi isbotlangan;
jigar osti blokining tarqalish darajasiga ko‘ra jigardan tashqari portal gipertenziyani tizimlashtirishni hisobga olgan holda, dekompressiv, ajratuvchi va endoskopik aralashuvlardan keyingi gemorragik sindromning residivsiz kechishi davomiyligining va takroriy epizodlari xavfining klinik jihatlari aniqlangan;
jigardan tashqari portal gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda portal tizim asosiy tomirlarining anatomik xususiyatlarini, kollateral qon aylanishini, mahalliy yoki tizimli prediktorlarni, shuningdek, shuntlashning texnik jihatlarini hisobga olgan holda portotizim anastomozi trombozining rivojlanish xavfini verifikatsiyalovchi patognomonik mezonlar aniqlangan;
portal qon oqimining jigar osti bloki bo‘lgan bemorlarda shuntlovchi aralashuvlarning dekompressiya darajasiga va residiv gemorragik sindromli tromboz xavfiga turli xil omilli belgilar va ularning assotsiatsiyalari ta’sirining patogenetik jihatlari individual yoki birgalikdagi prognostik ahamiyatini aniqlash orqali ochib berilgan;
portal genezli qon ketishini to‘xtatish va oldini olish uchun to‘liq intramural venoz transseksiya va oshqozonni alohida transorgan tikishni ta’minlaydigan gastroezofageal kollektorni to‘liq ajratish amaliyotining laparoskopik amalga oshirish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jigardan tashqari portal gipertenziyada turli xil aralashuvlarning taktik va texnik jihatlarini optimallashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“Qizilo‘ngach va oshqozon venalarining varikoz kengayishi bo‘lgan bemorlarda gastroezofageal venoz kollektorni laparoskopik ajratish usuli” takomillashtirilgan (Ixtiro uchun patent IAP 065202, 30.06.2021). Taklif etilgan usul portal gipertenziyaning jigardan tashqari shakli bo‘lgan bemorlarda portal genezli qon ketishlarni profilaktikasi uchun operativ aralashuvlar doirasini kengaytirishga imkon bergan;
jigardan tashqari portal gipertenziya fonida qizilo‘ngach va oshqozon varikoz kengaygan venalaridan qon ketishining xirurgik profilaktika qilish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Jigardan tashqari portal gipertenziya fonida qizilo‘ngach va oshqozon varikoz kengaygan venalaridan qon ketishining xirurgik profilaktika qilish taktikasini tanlash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 3 martdagi 08-09/6817-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyalar jigardan tashqari portal gipertenziyada dekompressiv va ajratuvchi aralashuvlarni amalga oshirishda taktik yondashuvlarni optimallashtirish, anastomoz trombozini va gemorragik sindromning qaytalanishini kamaytirish imkonini bergan;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasiga, Respublika shoshilinch tibbiyo yordam ilmiy markazi Navoiy filialiga va akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 3 martdagi 08-09/6817-son ma’lumotnomasi) joriy etilgan. Portal gipertenziyaning jigardan tashqari shakli bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolashning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish dekompressiv, ajratuvchi va endoskopik aralashuvlardan so‘ng gemorragik sindromning takroriy epizodlari xavfini kamaytirishga, portotizimli shuntlashda 82,4% hollarda va gastroezofageal kollektorni to‘liq ajratishda 64,9% hollarda muvaffaqiyatli davolashga erishishga imkon bergan.