Dusmuxamedov Oybek Suratbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Aholi moliyaviy savodxonligini oshirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish (Tijorat banklari misolida)”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit va 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi  (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1479.
Ilmiy rahbar: Vaxabov Abduraxim Vasikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Alisher Fayzievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Xaydarov Nizamiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini oshirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi moliyaviy savodxonligi uning moliyaviy bilimi, ko‘nikma, malakasi hamda moliyaviy qarorlarni qabul qilish qobiliyati bilan bog‘liq savollarga javobi asosida «yuqori»–1≥0,801, «o‘rta»–0,800≥0,601 va «quyi»– 0,600≥0,401 chegaralarda kompleks baholash taklif etilgan;
tijorat banklarida «mijozlarning moliyaviy savodxonligini oshirish markazi»ni yo‘lga qo‘yish bankning moliyaviy ko‘rsatkichlari hajmi va sifatini oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi asoslangan. 
«moliyaviy savodxonlik» tushunchasi moliyaviy qarorlarni qabul qilish imkonini beruvchi moliyaviy-iqtisodiy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish asosida, ularning tarkibiy qismlari tavsiflangan holda takomillashtirilgan;
tijorat banklarida aholining moliyaviy xulq-atvorning shakllanishi banklar kredit portfelida muammoli kreditlar ulushini pasayishiga, depozit va kreditlar hajmining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aholi moliyaviy savodxonligini oshirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan  ilmiy natijalar asosida:
aholi moliyaviy savodxonligi uning moliyaviy-iqtisodiy bilimi, ko‘nikma, malakasi hamda moliyaviy qarorlarni qabul qilish qobiliyati bilan bog‘liq savollarga javobi asosida «yuqori»–1≥0,801, «o‘rta»–0,800≥0,601, «quyi»–0,600≥0,401 chegaralarda kompleks baholash taklifi Bank Boshqaruvining 2018 yil 7 dekabrdagi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki mijozlarining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasi” to‘g‘risidagi qarori bilan tasdiqlangan («Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining 2021 yil 21 iyundagi 01-29/1692-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining 550 dan ortiq mijozlarining moliyaviy savodxonlik darajasi aniqlangan. 
«Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankida Bank Boshqaruvining 2019 yil 15 martidagi 30-sht-son buyrug‘i bilan «Mijozlar va xodimlarning moliyaviy savodxonligini oshirish o‘quv markazi» tashkil etilgan («Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining 2021 yil 21 iyundagi 01-29/1692-son ma’lumotnomasi). Natijada «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining 2020 yilda mijozlar va xodimlarning moliyaviy savodxonligini oshirishga sarflangan xarajatlar miqdori 2019 yilga nisbatan 1,4 barobarga oshirilishi barobarida 2020 yilda 2019 yilga nisbatan jismoniy shaxs bo‘lgan bank mijozlarining muddatli depozitlar hajmi 1,7 barobarga, bank kredit portfeli qoldig‘i esa 1,3 barobarga  ko‘paygan;
«moliyaviy savodxonlik» tushunchasi moliyaviy qarorlarni qabul qilish imkonini beruvchi moliyaviy-iqtisodiy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish asosida, ularning tarkibiy qismlari tavsiflangan holda takomillashtirilgan ta’rifi «Kreativ tadbirkorlik asoslari» o‘quv qo‘llanmasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-sonli buyrug‘iga asosan 110-277-son guvohnomasi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyati institutining 2021 yilning 27 iyulidagi 03-5/3-1218–son ma’lumotnomasi). Ushbu o‘quv qo‘llanma 5151700 – «Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish» bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan «Madaniyat va san’at sohasida kreativ tadbirkorlik», 5A151701 – «Madaniyat va san’at sohasi menejmenti» magistratura mutaxassisligida o‘qitiladigan «Kreativ iqtisodiyot» fanlarini o‘qitishda, ishchi o‘quv dasturlarini takomillashtirish, jarayonida manba sifatida foydalanilgan;
tijorat banklarida aholining moliyaviy xulq-atvorning shakllanishi banklar kredit portfelida muammoli kreditlar ulushini pasayishiga, depozit va kreditlar hajmining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi taklifi «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining «Mijozlarining moliyaviy savodxonligini oshirish yuzasidan 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasi»ga kiritilgan («Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining 2021 yil 21 iyundagi 01-29/1692-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida 2020 yilda 2019 yilga nisbatan chakana kredit mahsulotlaridan foydalanadigan mijozlar soni 3,9 barobarga, plastik kartalar egalari soni 1,5 barobarga va bankka muddatli omonat qo‘ygan mijozlar soni 1,3 barobarga ortgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish