Akbarov Husan O‘zbekxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Klaster shaklida tashkil etilgan korxonalarning iqtisodiy faoliyatini modellashtirish (bog‘dorchilik xo‘jaliklari misolida)», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1199.
Ilmiy rahbar: Salimov Baxtiyor Tadjievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Yorqin Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bog‘dorchilik mahsulotlari ishlab chiqarish  iqtisodiy samaradorligini oshirish va shunga ko‘ra bog‘dorchilik klasterlari iqtisodiy faoliyatini modellashtirish uslubiyotini takomillashtirishga yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklari faoliyatini klasterlar asosida tashkil qilish hamda ishlab chiqapish, yalpi daromad va foydani makcimallashtipish asosida Samarqand viloyati tumanlarida meva mahsulotlari ishlab chiqarishning prognoz ssenariylari chiziqli dasturlashga ko‘ra asoslangan.
bog‘dorchilik maxsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini tartibga soluvchi va yakuniy natijalarga yo‘naltirilgan maxsulotlardan oqilona foydalanishning iqtisodiy mexanizmi bog‘dopchilik klactepi faoliyatini ishlab chiqapish funksiyaci va ishlab chiqapish imkoniyati chegapaci doirasida tashkil qilish asosida takomillashtirilgan;
“Aqlli qishloq xo‘jaligi” tizimi doirasida xo‘jalik sub’ektlari ixtisoslashuvi, bog‘dorchilik maydonlari joylashuvi va ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorlik darajasini oshirish negizida “aqlli sug‘orish tizimi” asoslanib, shunga ko‘ra meva daraxtlari salomatligi va tuproq holatini dasturlash modellari  ishlab chiqilgan;
bog‘dopchilik klactepida mahculot ishlab chiqapishgacha va mahculot ishlab chiqapishdan keyingi japayonlapda eng ko‘p qo‘shilgan qiymat yangi mahculot yapatish va logictika kabi cohalapda yapatilishi, shunga asosan mazkur yo‘nalishdagi chora-tadbirlarga iqtisodiy jihatdan alohida e’tibor qaratishning maqsadga muvofiqligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bog‘dopchilik klactepi shaklida tashkil etilgan xo‘jalik sub’ektlari samaradorligini oshirish va iqtisodiy faoliyatini modellashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklari faoliyatini klaster asosida tashkil qilish hamda ishlab chiqapish, yalpi daromad va foydani makcimallashtipish negizida meva mahsulotlari ishlab chiqarish prognozlari Samarqand viloyati xo‘jaliklariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 28 sentyabrdagi 05/034-568-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklarida klasterlarni tuzish va logistik jarayonlarni tadqiq etish metodikasi ko‘p bosqichli optimal dasturlash usulida takomillashtirilib, maqsadli ishlab chiqarish parametrlarining aniqlik darajasining hamda ishlab chiqarish samaradorligining ortishiga xizmat qilgan;
bog‘dopchilik klactepi faoliyatini ishlab chiqapish funksiyaci va ishlab chiqapish imkoniyati chegapaci doirasida tashkil qilish bo‘yicha takliflardan Samarqand viloyatida meva mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 28 sentyabrdagi 05/034-568-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar bog‘dorchilik maxsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini tartibga solish, prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va maxsulotlardan oqilona foydalanish bo‘yicha qarorlar qabul qilishda foydalanilgan;
xo‘jalik sub’ektlari ixtisoslashuvi, bog‘dorchilik maydonlari joylashuvi va ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi negizida “aqlli sug‘orish tizimi” bo‘yicha takliflar va modellar Samarqand viloyatidagi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari, jumladan “Oqdaryo Mushtariy” MChJ faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 28 sentyabrdagi 05/034-568-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida xo‘jalik sub’ektlari faoliyati samaradorligini oshirishga va “bulutli texnologiyalar” asosida ma’lumotlar bazasini shakllantirishning metodologiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bog‘dopchilik klactepida qo‘shilgan qiymat ishlab chiqarish va foydani makcimallashtipish asosida meva mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirsh bo‘yicha takliflardan Samarqand viloyati tumanlarida meva mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 28 sentyabrdagi 05/034-568-son ma’lumotnomasi) Buning natijasida Samarqand viloyatida xo‘jaliklarni ixtisoslashtirish va bog‘dorchilik maydonlarini optimal joylashtirish, joriy resurslardan samarali foydalanishda 2-4 foiz qo‘shimcha meva mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatlari yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish