Yakubova Nargiz Tursunbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘urta faoliyatida biznes jarayonlarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt218.
Ilmiy rahbar: Rasulova Dilfuza Valievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shaxri filiali.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida sug‘urta faoliyatida biznes jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy ahamiyatga molik taklif-tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
risk-daromad ko‘rsatkichlari kombinatsiyalashgan muayyan sektorlar kesimida bevosita o‘zaro farqlanishi nuqtai nazaridan tabaqalashtirilgan tarif stavkasiga asoslangan modifikatsiyalashgan biznes jarayonini qo‘llash taklif etilgan;
moliyaviy instrumentlar va moliyaviy aktivlarni boshqarishning motivatsion va korporativ madaniyat transformatsiyasi zamirida raqobatbardosh xizmat ko‘rsatish imkoniyatini o‘zida mujassam etgan matrisa ko‘rinishidagi funksional biznes jarayoni ishlab chiqilgan;
biznes jarayon bo‘yicha tanlangan strategiyaga mos korrelyasion bog‘liklikdagi risklar diversifikatsiyasining ko‘p yo‘nalishli taqsimotini amalga oshirish orqali ularni minimallashtirish asoslangan;
sug‘urta kompaniyasi tarkibiy tuzilmalarining nomenklaturaga mos reglamentga asoslangan vakolat chegaralari doirasidagi “tashkiliy – uslubiy – nazorat” munosabatlarini o‘zaro optimallashtirish orqali biznes jarayoni samaradorligini oshirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sug‘urta faoliyatida biznes jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
risk-daromad ko‘rsatkichlari kombinatsiyalashgan muayyan sektorlar kesimida bevosita o‘zaro farqlanishi nuqtai nazaridan tabaqalashtirilgan tarif stavkasiga asoslangan modifikatsiyalashgan biznes jarayonini qo‘llash taklifi “O‘zagosug‘urta” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zagosug‘urta” AJning 2021 yil 16 iyundagi 02-05/2607-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni qo‘llash natijasida 2019 yilda jami sug‘urta shartnomalari soni oldingi yilga nisbatan 16,9 foizga o‘sishiga hamda o‘rtacha tarif stavkasi ko‘rsatkichi 27,6 punktga ortishiga va 0,4 foizga etishiga, o‘z navbatida, bir shartnoma bo‘yicha o‘rtacha 92511 so‘m sug‘urta mukofoti undirilishiga, pirovardida daromad/risk ko‘rsatkichi 2,58 koeffisentni tashkil etishiga erishilgan;
moliyaviy instrumentlar va moliyaviy aktivlarni boshqarishning motivatsion va korporativ madaniyat transformatsiyasi jarayonida raqobatbardosh xizmat ko‘rsatish imkoniyatini o‘zida mujassam etgan matrisa ko‘rinishidagi funksional biznes jarayonini qo‘llash taklifi “O‘zagrosug‘urta” AJ amaliyotiga joriy etilishi uning raqobatbardosh xizmat ko‘rsatish imkoniyatini kengaytirgan (“O‘zagosug‘urta” AJning 2021 yil 16 iyundagi 02-05/2607-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif joriy etilishi natijasida 2019 yilda 6 216 921,4 ming so‘m sof foyda bilan yakunlangan yoki oldingi yilga nisbatan bu ko‘rsatkich hajmi 36,7 punktga ortishiga erishilgan, shu jumladan, sof foyda hisobidan oldingi yillarda to‘planib qolgan qoplanilmagan zararni qoplashga 4 646 291,1 ming so‘m yoki oldingi yilga nisbatan shu maqsadga yo‘naltirilgan summa hajmi 34,7 punktga ortishiga erishilgan;
biznes jarayon bo‘yicha tanlangan strategiyaga mos korrelyasion bog‘liklikdagi risklar diversifikatsiyasining ko‘p yo‘nalishli taqsimotini amalga oshirish orqali ularni minimallashtirish taklifi “O‘zagrosug‘urta” AJning moliyaviy faoliyatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zagosug‘urta” AJning 2021 yil 16 iyundagi 02-05/2607-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif amaliyotga joriy etilishi natijasida faoliyat samaradorligi 34 foizga yoki 2,7 martaga ortishi ta’minlangan;
sug‘urta kompaniyasi tarkibiy tuzilmalarining nomenklaturaga mos reglamentga asoslangan vakolat chegaralari doirasidagi “tashkiliy – uslubiy – nazorat” munosabatlarini o‘zaro optimallashtirish orqali biznes jarayoni samaradorligini oshirish taklifi “O‘zagrosug‘urta” AJda qo‘llanilgan (“O‘zagosug‘urta” AJning 2021 yil 16 iyundagi 02-05/2607-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifga ko‘ra, nomenklaturaga mos reglamentga asoslangan vakolat chegaralari doirasida uning tashkiliy tuzilmasi takomillashtirilgan.