Ernazarov G‘olibjon Ne’matovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarining jismoniy sifatlarini rivojlantirishning tabaqalashtirilgan uslubiyati”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped 2039.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12. 2019.Ped 28.01.
Ilmiy rahbar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogik fanlari doktori (DSc), professor; Bakiev Zafar Abdushukurovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxora davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasa talabalari  organizmining jismoniy tayyorgarligini hisobga olgan holda ularning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda tabaqalashtirilgan aylanma mashqlar uslubiyatini samaradorligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining konstitusional tiplariga ko‘ra, jismoniy tayyorgarlik darajalarini inobatga olib asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirishning shiddat zonalarida funksional ko‘rsatkichi bo‘yicha tabaqalashtirilgan besh blokli mashg‘ulotlar uslubiyati asosida alohida jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun mashqlar tarkibi va mazmuni ishlab chiqish hisobiga jismoniy tayyorgarligi har xil bo‘lgan talabalarga mashg‘ulotlarni variativ tanlash imkoniyati kengaytirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining jismoniy sifatlarni rivojlanganlik darajasi bo‘yicha morfologik xususiyatidan kelib chiqib “ortda qolgan tip” uchun predmetlarsiz va “normal tip” uchun predmetlar bilan bajariladigan statik va dinamik rejimdagi intensiv individual aylanma mashg‘ulotlarni dars jarayonlariga kiritish hisobiga harakat faolligini oshirish imkoniyati takomillashtirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida “ilgarilab ketgan tip”ni juftlikda harakat faoliyatini rivojlantirish uchun mushaklarni ishlatish tartibi bo‘yicha inersiya kuchini oshirishga qaratilgan organizm qismlari bo‘yicha tanlab yo‘naltirilgan mashqlar majmuasini ishlab chiqish hisobiga xarakat uyg‘unligini takomillashtirishning imkoniyati kengaytirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining tana qismlari bo‘yicha jismoniy zaif bo‘lgan talaba qizlarda mushaklarning taranglashuvidan kelib chiqib yuklama me’yorlari va intensivligi morfofunksional imkoniyatlariga qarab auksotonik tartibida zaif tana qismi uchun qo‘shimcha moslamalardan foydalanib tayanch nuqtalarni ko‘paytirish va yuk hajmini kamaytirish hisobiga mashg‘ulot uslubiyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining jismoniy sifatlarini rivojlantirishda tabaqalashtirilgan uslubiyatga qaratilgan tajriba tadqiqotlari asosida:
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining jismoniy mashg‘ulotlarga va sportga qiziqishlari, motivlari va talablari, jismoniy tayyorgarlik darajasi, konstitusional tiplari asosida ularning jismoniy rivojlanishi xususiyatlarini o‘rganish usuli bo‘yicha tavsiyalar “Jismoniy tarbiya jarayonida aylanma mashqlarni qo‘llash texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan hamda Farg‘ona davlat universiteti talabalarining o‘quv jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 oktyabrdagi 89-03-3987-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning jismoniy tarbiya va sportga qiziqishlari, motivlari oshgan va chidamlilik sifati 12,4% ga yaxshilangan; 
rivojlanishi turli konstitusional tipdagi talabalarning jismoniy sifatlarini tabaqalashtirilgan aylanma mashqlar jarayonida rivojlantirishning asosiy komponentlari Farg‘ona davlat universiteti “Fizika-matematika” fakul`teti talabalarining “Jismoniy tarbiya” fani bo‘yicha o‘quv jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 oktyabrdagi 89-03-3987-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba-qizlarning jismoniy sifatlari 19% ga va o‘g‘il bola talabalarniki esa – 22% ga yaxshilangan.
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining jismoniy tayyorgarligida organizmning me’yoriy talablaridan kelib chiqib, individual xususiyatlarini inobatga olgan holda jismoniy sifatlarini aylanma mashqlar usulini qo‘llash asosida rivojlantirishni tabaqalashtirilgan uslubiyati Namangan davlat universiteti talabalarining o‘quv jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 oktyabrdagi 89-03-3987-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba-qizlarning jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlari o‘rtacha 28% ga, o‘g‘il bola talabalarniki – 23% ga yaxshilangan;
talabalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishni tabaqalashtirilgan jismoniy tarbiya uslubi va aylanma mashqlar majmuasi Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabalarining o‘quv jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 oktyabrdagi 89-03-3987-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy tarbiyaning motivatsion komponentini amalga oshirilishi va talabalar salomatligini yaxshilanishi ta’minlangan, tezkor- kuch jismoniy sifati 13,6% ga yaxshilangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish