Kochkarov Atabek Axmatvaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi IIV ta’lim muassasalari kursantlarining kasbiy-amaliy tayyorgarlik texnologiyasi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Ped47.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12. 2019.Ped 28.01.
Ilmiy maslahatchi: Koshbaxtiev Il`dar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Usmonxodjaev Tal’at Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Tojibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Maxmudov Rozmet Muratovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston RespublikasiIIV ta’lim muassasalari kursantlarining kasbiy-amaliy tayyorgarlik texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi IIV ta’lim muassasalari kursantlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida ko‘p funksiyali yuqori shiddatli “Crossfit” va “Workout” treningi, og‘ir atletika, gimnastika, engil atletika sport turlari vositalarini saralash hamda tanlab yo‘naltirish hisobiga kasbiy-amaliy tayyorgarligi takomillashtirilgan;
kursantlarning kasbiy-amaliy tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib, psixik-jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish maqsadida murakkab va o‘zgaruvchan vaziyatlarda o‘z-o‘zini himoya qilishga qaratilgan mashqlar kombinatsiyasini ishlab chiqish hisobiga hissiy-irodaviy barqarorlikni saqlab turish imkoniyati kengaytirilgan;
kursantlarning chegaralangan vaqtda o‘q otish texnikasini shakllantirish jarayonida chalg‘ituvchi psixologik omillar ta’sirini kamaytirish uchun maxsus koordinatsion mashqlarni turli xil holatlarda bajarish metodikasini ishlab chiqish hisobiga pistoletdan tezkor o‘q otish malakasita komillashtirilgan;
yakkakurash usullari kombinatsiyasini cheklangan maydonda tartibbuzarni qo‘liga og‘riq berish va qayirish harakatlarini bajarish jarayonida shikastlanishni oldini olish maqsadida avval yakunlovchi fazadan boshlab oddiydan murakkabga prinsipini qo‘llash hisobiga jarohatlanishlarni oldini olish imkoniyati kengaytirilgan;
kursantlar tomonidan tez harakatlanish, himoya kombinatsiyalarini qo‘llash, raqibning qo‘l va oyoqlar bilan bergan zarbalaridan himoyalanish usullarini to‘satdan o‘zgaruvchan sharoitlarda bajartirish hisobiga sanchiluvchi va kesuvchi sovuq quroldan himoyalanish texnikasi takomillashtirilgan;
kursantlarning ta’lim tizimida maxsus yuklamalarni rejalashtirishning o‘zaro bog‘liqligi va izchilligidan kelib chiqib, tartibbuzarni qo‘lga olish uchun maxsus to‘siqlar yo‘lakchasidan o‘tish jarayonida ta’qib qilish, qo‘l janggi usullari, sovuq quroldan himoyalanish, qo‘lga olish kabi jangovar tayyorgarlik harakatlarini bajarish hisobiga kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlikning to‘rt bosqichli blokli-modul` tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi IIV tizimidagi ta’lim muassasalari kursantlarining kasbiy-amaliy tayyorgarligi texnologiyasibo‘yicha pedagogik tajribalar davomida olingan natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi IIV ta’lim muassasalari kursantlarining jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida ko‘p funksiyali yuqori shiddatli “Crossfit” va “Workout” treningi, og‘ir atletika, gimnastika, engil atletika sport turlarining vositalarini saralash hamda tanlab yo‘naltirish hisobiga kasbiy-amaliy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar Akademiya kursantlarining jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv dasturiga o‘zgartirishlar kiritish asosida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2020 yil 26 iyundagi 2/2228-son dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasining 2020 yil 25 iyundagi 2311-son dalolatnomasi). Natijada IIV Akademiyasi kursantlarining jismoniy tayyorgarligi 10-11% ga, Milliy Gvardiya xodimlarning jismoniy tayyorgarligi 12-14% ga yaxshilangan;
kursantlarning kasbiy-amaliy tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib, psixik-jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish maqsadida murakkab va o‘zgaruvchan vaziyatlarda o‘z-o‘zini himoya qilishga qaratilgan mashqlar kombinatsiyasini ishlab chiqish hisobiga hissiy-irodaviy barqarorlikni saqlab turish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha takliflar Akademiya kursantlarining jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv dasturiga o‘zgartirishlar kiritish asosida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2020 yil 26 iyundagi 2/2228-son dalolatnomasi). Natijada kursantlarning hissiy-irodaviy xususiyatlari ko‘rsatkichlarida quyidagi o‘zgarishlar kuzatilgan: jumladan, hissiy-irodaviy xususiyatlar juda yaxshi shakllangan 18% ni, yaxshi shakllangan 76% ni, qoniqarli shakllangan 6% ni tashkil qilgan;
kursantlarning chegaralangan vaqtda o‘q otish texnikasini shakllantirish jarayonida chalg‘ituvchi psixologik omillar ta’sirini kamaytirish uchun maxsus koordinatsion mashqlarni turli xil holatlarda bajarish metodikasini ishlab chiqish hisobiga pistoletdan tezkor o‘q otish malakasitakomillashtirilgan va u “Harbiy xizmat tayyorgarligi” tom 1. “O‘q otish” nomli darclikning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2020 yil 26 iyundagi 2/2228-son dalolatnomasi). Natijada kursantlarning amaliy o‘q otish ko‘rsatkichlari 14-17% ga yaxshilangan;
yakkakurash usullari kombinatsiyasini cheklangan maydonda tartibbuzarni qo‘liga og‘riq berish va qayirish harakatlarini bajarish jarayonida shikastlanishni oldini olish maqsadida avval yakunlovchi fazadan boshlab oddiydan murakkabga prinsipini qo‘llash hisobiga jarohatlanishlarni oldini olish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha takliflar Akademiya kursantlarining jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv dasturiga o‘zgartirishlar kiritish asosida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2020 yil 26 iyundagi 2/2228-son dalolatnomasi). Natijada yakkakurash usullari kombinatsiyasini cheklangan maydonda bajarish jarayonida jarohatlanishlar sonining o‘rtacha 8-10% ga kamayishiga erishilgan;
kursantlar tomonidan tez harakatlanish, himoya kombinatsiyalarini qo‘llash, raqibning qo‘l va oyoqlar bilan bergan zarbalardan himoyalanish usullarini to‘satdan o‘zgaruvchan sharoitlarda bajartirish hisobiga sanchiluvchi va kesuvchi sovuq quroldan himoyalanish texnikasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar Akademiya kursantlarining jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv dasturiga o‘zgartirishlar kiritish asosida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2020 yil 26 iyundagi 2/2228-son dalolatnomasi). Natijada sanchuvchi va kesuvchi sovuq quroldan himoya kombinatsiyalarini bajarish uchun 10-12% ga kam vaqt sarflanishiga erishilgan;
kursantlarning ta’lim tizimida maxsus yuklamalarni rejalashtirishning o‘zaro bog‘liqligi va izchilligidan kelib chiqib, tartibbuzarni qo‘lga olish uchun maxsus to‘siqlar yo‘lakchasidan o‘tish jarayonida ta’qib qilish, qo‘l janggi usullari, sovuq quroldan himoyalanish, qo‘lga olish kabi jangovar tayyorgarlik elementlarini qo‘llash hisobiga kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlikning to‘rt bosqichli blokli-modul` tizimi ishlab chiqilgan hamda Akademiya kursantlarining jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv dasturiga o‘zgartirishlar kiritish asosida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2020yil 26 iyundagi 2/2228-son dalolatnomasi). Natijada kursantlarning to‘siqlar yo‘lakchasidan o‘tish uchun sarflanadigan vaqtning 9-10% ga kamayishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish