Matimov Koshkarbay Genjebaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Qoraqalpoq adabiyotida improvizatsiya an’anasi (genezisi va evolyusiyasi), 10.00.12 – Qoraqalpoq adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil1402.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Allambergenov Kenesbay, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01
Rasmiy opponentlar: Jarimbetov Qurbanbay Qudaynazarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Palimbetov Kamal Sarsenbaevich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi improvizatsiya an’anasining qadimiy manbalari, uning qoraqalpoq adabiyotida shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, nazariy asoslari, xalq og‘zaki ijodidagi poetik usul ekanligi va improvizatsiyaning har bir shoir ijodidagi alohidalik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq adabiyotida improvizatsiya - hozirjavoblik, badihago‘ylik usulining tarixiy ildizlari qadimgi turkiylarning urug‘chilik tuzumi davriga borib taqalishi, uning XIV-XVI asrlardagi jirov-shoirlar she’riyatida shakllanish bosqichlariga egaligi ochib berilgan;
xalq og‘zaki hamda jirov, baxshi va shoirlar ijodida improvizatsiya (hozirjavoblik) usulining xalq ma’naviy dunyosining shakllanishiga, to‘y va bayram sayllarida og‘zaki ijro jarayonidagi o‘ziga xos jihatlari, uning she’r yaratish amaliyotida zarur usul ekanligi va chechanlik san’ati, fol`klorning lirik janrlari va shoirlar aytishuvida improvizatsiya an’anasining alohida belgilari sifatida asoslangan;
jirov-shoirlar ijodida improvizatsiya alohida poetik usul ekanligi, lirik asarning shakllanishida muhim adabiy jarayon bo‘lganligi, adabiyotning poetik jihatdan takomillashishi jarayonlaridagi jirovchilik she’riyatining o‘rni va improvizatsion mahorati, og‘zaki ijod asarlari (terma, to‘lg‘ov, dostonlar)ning to‘la asar sifatida shakllanish ahamiyati ochib berilgan;
XIX-XX asrlardagi qoraqalpoq adabiyotidagi Kunxo‘ja, Ajiniyoz, Berdaq, A.Musaev, T.Jumamuratov, I.Yusupov singari shoirlar ijodidagi shoirlar aytishuvi va hazil-mutoyiba, bag‘ishlov, ta’rif-maqtov, didaktik qo‘shiqlarida improvizatsion mahorat usullari, terma-to‘lg‘ov, qo‘shiq, hajviy-satirik va musiqaviy improvizatsiya shakllari va ularning poetik olamida badiiy tasviriy vositalar, tasvirlash usullarining xususiy belgilari mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq adabiyotida improvizatsiya an’anasini o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
qoraqalpoq adabiyotida improvizatsiya an’anasi, paydo bo‘lishi va shakllanish bosqichlari va jirov-shoirlar, chechanlik san’atidagi improvizatsiya jarayonlari bo‘yicha ilmiy-nazariy xulosalardan Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining FA-F-1-005 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» (2017-2020) fundamental loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 20 avgustdagi 210/1-son ma’lumotnomasi) Natijada, improvizatsiya an’anasining nazariy asoslari, qoraqalpoq adabiyotshunosligining o‘rganilish tarixiga bog‘liq ilmiy-nazariy qarashlar yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan va takomillashtirilgan;
badiiy adabiyot, xalqning madaniy hayoti va ma’naviy dunyoqarashining takomillashuvida va jirov-shoirlar ijodi, jirovlar repertuaridagi epik asarlarning shakllanishi, doston ijrosi jarayonida improvizatsiyaning ahamiyati kabi xulosa va ilmiy tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan ishchi rejasining qator bandlari ijrosini ta’minlashda nazariy-metodologik asos sifatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 26 avgustdagi 2-03/1438-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishda, yoshlarni vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan;
jirov-shoirlar ijodi, jirovlar repertuaridagi epik asarlarning shakllanishida, doston yaratishdagi improvizatsiyaning ahamiyati, XX-XXI asrlardagi qoraqalpoq adabiyotida improvizatsiya an’anasi, improvizator-shoirlar ijodida improvizatsiya usullari borasidagi ilmiy-nazariy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida qoraqalpoq jirov-shoirlari hayoti va badiiy meroslari bo‘yicha tashkillashtirilgan ekspozisiyalarning mazmunini boyitishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining 2021 yil 24 avgustdagi 348-son ma’lumotnomasi). Natijada, bir qator qoraqalpoq jirov-shoirlarining adabiyot tarixidagi o‘rni, improvizatsiya usullari, shoirlar ijodidagi improvizatsiya jarayonlari va ular yaratgan asarlarning inson tarbiyasidagi roli va ahamiyatini yoritib berish imkoniyati yaratilgan;
qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodidagi improvizatsiya an’anasi, jirov-shoirlar, improvizator shoirlar va XIX-XX asrlardagi xalq shoirlari ijodidagi improvizatsiya an’anasi xususidagi ilmiy-nazariy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi «Qoraqalpog‘iston» telekanalining «Assalomu alaykum, Qoraqalpog‘iston», «Gavhar so‘zlar», «Adabiyot bo‘stoni» va boshqa ko‘rsatuvlarni tayyorlashda, «Qoraqalpog‘iston» radiokanalining «Xayrli tong», «Adabiyot va davr» eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2021 yil 14 sentyabrdagi 01-02/432-son ma’lumotnomasi). Natijada, jirov-shoirlar va XIX-XX asrlardagi xalq shoirlari ijodidagi improvizatsiya an’anasi, poetik mahorati, asar g‘oyasining inson tarbiyasidagi ahamiyati va ta’lim-tarbiya jarayonida adabiyot tarixi materiallaridan foydalanishning yangi metodlari haqida keng tomoshabinlar auditoriyasiga ma’lumotlar berilgan.