Abdullah Kurudirek (Abdullah Kurudirek)ning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ta`lim jarayonida noevklid geometriyasi elementlaridan foydalanish metodikasi», 13.00.02 – Ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Matematika instituti, DSc.02/30.12.2019.FM.86.01 (Bir martalik Ilmiy kengash).
Ilmiy rahbar: Artikbaev Abdullaaziz, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Zaitov Adilbek Ataxanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Xakimov Otabek Norbo‘ta o‘g‘li, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida geometriya faniga noevklid geometriyalari tushunchalarini kiritish yo‘li bilan o‘quvchilarni fanga qiziqishini orttirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tekislikka mavjud sodda noevklid geometriyasiga doir tushunchalar maktab geometriya darsligi usullariga mos ravishda bayon etilgan hamda «masofa» va «metrika» atamalari orasidagi umumiylik va bir-biridan farqi sodda misollar bilan tushuntirilgan;
Galiley geometriyasidagi siklning Evklid geometriyasidagi aylana urinmasi va kesuvchisi bilan bog‘liq xossalari ko‘rsatilgan;
uchburchak tengligiga doir birinchi va ikkinchi alomatning o‘rinli, hamda uchinchi alomatning bajarilmasligi yordamida o‘quvchilarga teorema isbotini o‘rgatish usuli takomillashtirilgan;
noevklid geometriya elementlaridan foydalanib, o‘quvchilarni matematikaga qiziqtirish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Ta’lim jarayonida noevklid geometriyasi elemantlaridan foydalanish metodikasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tekislikda mavjud sodda noevklid geometriyasiga doir tushunchalar hamda masofa va metrika atamalari orasidagi umumiylik va bir-biridan farqlilikka oid sodda misollar Iroqning Sulaymaniya shaxridagi xalqaro kembrij tipidagi maktabda (https://www.facebook.com/USGirls.H) o‘tkazilgan to‘garaklarlarda o‘quvchilarning tekislikda mavjud noevklid geometriyalar haqidagi bilimlarni shakllantirishda foydalanilgan (Sulaymaniya shaxridagi maxsus qizlar o‘rta maktabining 2022 yil 4 yanvardagi 02-son ma’lumotnomasi, Iroq respublikasi). Natijada 9-sinf o‘quvchilarida noevklid geometriyalarning maktab geometriya fanidagi asosiy tushunchalariga yaqin mavzularni aniqlashni imkonini bergan;
Galiley geometriyasidagi siklning Evklid geometriyasidagi aylana urinmasi va kesuvchisi bilan bog‘liq xossalar va Taksikab geometriyasiga oid tushunchalardan 2013-2015 yillarda ta’lim sohasida olib borilgan tadqiqot loyihalarida va maxsus ixtisoslashgan maktablarda o‘tkazilgan «noevklid geometriyasi» mavzusida to‘garaklarda foydalanilgan (Tishk xalqaro universitetining 2022 yil 3 yanvardagi 58-son ma’lumotnomasi, Iroq respublikasi). Natijada yuqori sinf o‘quvchilarida noevklid geometriyalar haqida tasavvurini paydo qilish va bu geometriyani nazariyada va amaliyotda solishtirish imkonini bergan.