Sobirov Qo‘ziboy Erkinovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):  “Tut ipak qurtining ingichka tolali pillalarini chuvish texnologiyasini takomillashtirish” 05.06.02–“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1845.
Ilmiy rahbar: Axmedov Jahongir Adxamovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Muqimov Mirabzal Mirayubovich, texnika fanlari doktori, professor; Raximov Alisher Yusupjonovich texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tut ipak qurtining ingichka tolali “Mayin tola-1” va “Mayin tola-2” duragayi pillalarini texnologik xususiyatlarini tadqiq qilish va ulardan yuqori sifatli “3A” sinfiga mos xom ipak chuvib olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingichka tolali “Mayin tola-1” va “Mayin tola-2” duragay pillalarni texnologik va qobiq xususiyatlarini inobatga olgan holda ularni chuvishga tayyorlash, pillalarni ichini suv bilan to‘ldirish, serisinni yumshatish, yakka uchini topish, silkitish va chuvish texnologik jarayonlari takomillashtirilgan;
chuvish jarayonida xom ipak sifatiga ta’sir etuvchi taranglik kuchi, tolani yopishganlik adgeziya kuchi, chuvish tezligi omillarining ratsional qiymatlari nazariy aniqlangan; 
ingichka tolali “Mayin tola-1” va “Mayin tola-2” duragay pillalaridan yuqori sifatli “3A” sinfiga mos xom ipak ishlab chiqarishning pillalarni ichini suv bilan to‘ldirish, serisinni yumshatish, yakka uchini topish, silkitish va chuvish texnologik parametrlarining ratsional qiymatlari ishlab chiqilgan;
tavsiya etilayotgan pillalarni ichini suv bilan to‘ldirish, serisinni yumshatish, yakka uchini topish, silkitish va chuvish jarayonlari texnologik rejimlarini xom ipakning sifatiga ijobiy ta’siri ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tut ipak qurtining ingichka tolali pillalarini chuvish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tavsiya etilgan takomillashtirilgan texnologiya «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi  tasarrufidagi korxonalarida, jumladan, Xorazm viloyati Urganch shahar “XORAZM IPAGI” MChJ, Xiva shahar “Khiva Silk Fabrik” Yangiariq tumani “XORAZM PILLA XOLDING” MChJda joriy qilingan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2022 yil 27 yanvardagi 4-2/172-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, korxonalarda xalqaro standart talablariga  mos ishlab chiqarilayotgan  “A” xom ipak sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanib, xalqaro standart talablarining “3A” sinfiga mos yuqori sifatli xom ipak olish imkoniyati yaratilgan. Pillalarni chuvish jarayonidagi  solishtirma sarfi 2,9 dan 2,7 gacha qisqartirilib, bir kilogramm xom ipak ishlab chiqarish uchun ketadigan pilla xomashyosining sarfi 6,91% ga kamaytirilishiga erishilgan

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish