Usmankulov Orifjon Naziralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Chiqindi eritmalaridan platina metalini sof xolda ajratib olish texnologiyasini yaratish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2492.
Ilmiy rahbar: Xasanov Abdurashid Solievich,  texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ, Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Xasan Turabovich, kimyo fanlari doktori, professor; Pirmatov Eshmurat Azimovich, texnika fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy  va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chiqindi eritmalaridan platina metalini sof xolda ajratib olish texnologiyasini yaratishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eritmadagi platina xloridining tiomochevina eritmasi bilan eruvchan kompleks birikmasini xosil qilish kimyoviy omillarga bog‘liqligi ilmiy asoslangan;
eritma tarkibidagi past oksidlanish darajali platina ionlarini sul`fatli kompleks birikma xolatida selektiv cho‘ktirish texnologik rejimi ishlab chiqilgan;
erimaydigan sul`fatli kompleks tarkibidan platinani kukun xoligacha pirometallurgik parchalash yo‘li bilan qaytarishning eng maqbul omillari asoslangan;
platina kukunini uning tarkibidagi oz miqdordagi zararli qo‘shimchalardan 30% li nitrat kislotasi eritmasi bilan tozalashning kimyoviy me’yoriy omillari aniqlangan;
oltin ishlab chiqarishdan keyingi kam tarkibli (Pt- 100-300 mg/l) eritmalardan platina metallini sof xolatda ajratib olishda jarayonning asosiy omillarga asoslangan yangi texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Chiqindi eritmalaridan platina metalini sof xolda ajratib olish texnologiyasini yaratish borasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida: 
platina kukunini olishning yangi texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 14 fevraldagi AA-001300-son ma’lumotnomasi). Natijada, platina tarkibli cho‘kma pirometallurgik qayta ishlanib, tarkibida 96,0-97,5% platina mavjud bo‘lgan kukunni olish imkonini bergan;
platina kukunini tozalashning gidrometallurgik yangi texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 14 fevraldagi AA-001300-son ma’lumotnomasi). Natijada, sof platinaning tozalik darajasi 99,2% ga teng bo‘lgan platina kukunini 86% unumdorlikda ajratib olish imkonini bergan;
platina ajratib olish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma (TI 00193950.44.004-3:2020) «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning mis eritish zavodida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 14 fevraldagi AA-001300-son ma’lumotnomasi). Natijada, mis eritish zavodida platinani sof holda ajratib olish va kombinatning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish