Matmuratov Muratbay Allamuratovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qoraqalpog‘iston ko‘llari makrozoobentosi», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2017.2.PhD/V71.
Ilmiy rahbar: Mirabdullaev  Iskandar Mirbatirovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Boymurodov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Kuchboev Abduraxim Ergashevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston ko‘llari makrozoobentos jamoalarining sistematik holatini baholash va xo‘jalikdagi ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amudaryo quyi oqimidagi suv havzalarida makrozoobentoslarning 4 tipi, 6 kenja tipi, 8 ta sinfi, 101 turkum va 170 turga mansub turlari aniqlangan;
sharq daryo qisqichbaqasining bioekologik xususiyatlari va populyasiyalarning tarqalishi asoslangan;
makrozoobentosning mavsumiy o‘zgarish dinamikasi baholanib, miqdoriy o‘zgarish qonuniyatlari ochib berilgan;
Orol bentofaunasining eng yirik refiugimlarida saqlanib qolgan makrozoobentoslarning faunistik komplekslari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Qoraqalpog‘iston ko‘llari makrozoobentoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
istiqbolli Theodoxus palasi, Nereis diversicolor, Paramysis intermedia, Cerastoderma isthmicum kabi turlarni baliqchilik amaliyotida qo‘llash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq va Taxtako‘pir tumanlari dagi baliqchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 27 martdagi 04/010-654-son ma’lumotnomasi). Natijada, sho‘r suv xavzalarining tabiiy ozuqa bazasini kengaytirish va zog‘ora baliq, sharq oqchasi, Orol qizil ko‘zi va tovon baliq turlar mahsudorligini 5-16% ga oshirish imkonini bergan;
ko‘l ekotizimlari holatining o‘zgarishiga sezgir makrozoobentos turlarini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining Amudaryo, Taxtako‘pir, Nukus tumani va Nukus shaxri bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2020 yil 10 dekabrdagi 03/18-1-2344-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘llarning faunistik komplekslari holatini baholash va ko‘llar minerallash darajasining o‘zgarishiga sezgir makrozoobentos turlarini saqlab qolish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish