Komilova Nafisa Rajabovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Parkinson kasalligining irsiy shakllarida mitofagiya va autofagiya jarayonlarini faollashtirish, hujayralarni himoya qilishning ustuvor yo‘nalishi sifatida», 03.00.02 – Biofizika va radiobiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/B624.
Ilmiy rahbar: Mirxodjaev Ulug‘bek Zakirovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.V.01.13.
Rasmiy opponentlar: Merzlyak Pyotr Grigor`evich, biologiya fanlari doktori; Baev Artem Yur`evich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Parkinson kasalligining irsiy shakllariga ega hujayralardagi mitofagiya va autofagiya jarayonlariga laktat va piruvat kabi moddalarning ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
laktat yoki piruvat ta’sirida Parkinson kasalligining irsiy turlari bo‘lgan hujayra liniyalarida dozaga bog‘liq ravishda hujayra ichi rN ko‘rsatkichi kamayishi aniqlangan;
laktat yoki piruvat hujayralarning har ikkala ya’ni nazorat va tajriba liniyalarida mitofagiya va autofagiyani faollashtirishi aniqlangan;
laktat yoki piruvat A53T (SNCA), PINK1, PINK1/PARK2, SNCA triplikatsiyasi mutatsiyalarini saqlovchi fibroblast hujayralari o‘limini kamaytirishi isbotlangan;
4′,4′′(5′′)-dibutiril–dibenzo-18-kraun-6 va 4′,4′′(5′′)-divaleril–dibenzo-18-kraun-6 kabi kraun efirlar fibroblast hujayraichi Ca2+ konsentratsiyasini oshirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Parkinson kasalligining irsiylanuvchi turlarida mitofagiya va autofagiya jarayonlarini faollashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
laktat yoki piruvatning hujayra ichi rN o‘zgarishi orqali Parkinson hujayralarida mitofagiya va autofagiya jarayonlarini faollashtirishi va shu orqali hujayralar o‘limini kamaytira olishini ko‘rsatuvchi ilmiy natijalar №821522 sonli «A quantitative approach towards the characterisation of mitochondrial dysfunction in Parkinson’s Disease» nomli loyihada neyroproteksiya jarayonida mitofagiya va autofagiyaning rolini ochib bergan (London Neyrologiya institutining 2021 yil 23 sentyabragi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llash Parkinson kasalligini davolashda autofagiya jarayonining ahamiyatini aniqlash imkonini bergan;
irsiylanuvchi Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlardan olingan hujayra liniyalarida mitofagiya va autofagiyani faollashtirish bo‘yicha olingan ahamiyatli natijalardan №22-24-01043 sonli «Regulyasiya dinamiki mitoxondrial`noy seti pri bolezni Parkinsona» loyihasida neyrodegenerativ kasalliklarda mitofagiyaning roli bo‘yicha olingan natijalarni to‘g‘ri talqin qilishda foydalanilgan (Rossiya fanlar akademiyasi Hujayra biofizikasi institutining 2022 yil 19 yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada, irsiylanuvchi Parkinson kasalligida laktat va piruvat kabi metabolitlarning neyroprotektor xususiyatini asoslash imkoniyatini bergan; 
laktat va piruvatning Parkinson kasalligining irsiy turlarida mitofagiya va autofagiyani faollashtira olishini baholash borasida olingan natijalardan PZ-20170928599 raqamli «O‘zbekiston sharoitlarida so‘vo‘tlarini o‘stirish texnologiyalarini yaratish va uning asosida biologik faol moddalar olish» amaliy loyihada Dunaliella salina AR-1 mikrosuvo‘tidan olingan antioksidantlarning biologik ta’sirini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2022 yil 25 yanvardagi №4/1255-174-son ma’lumotnomasi). Natijada, Dunaliella salina AR-1 mikrosuvo‘tidan olingan biologik faol moddalarning antioksidativ ta’sirini asoslash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish