Asqarov Kamoliddin Abdug‘anievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Farg‘ona sug‘oriladigan gidromorf tuproqlarining agroekologik holati va unumdorligini yaxshilash yo‘llari», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B350.
Ilmiy rahbar: Turdaliev Avazbek Turdalievich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, RhD.03/30.12.2019.V.05.03.
Rasmiy opponentlar: Jabbarov Zafarjon Abdukarimovich, biologiya fanlari doktori, professor; Uraimov Tojiddin, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Farg‘onada shakllangan sug‘oriladigan gidromorf tuproqlarning agrokimyoviy, geokimyoviy xususiyatlari, meliorativ, agroekologik holati hamda ularni sug‘orma dehqonchilik ta’sirida o‘zgarishini aniqlash va tuproqlardan samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘oriladigan o‘tloqi-taqirli, o‘tloqi saz tuproqlarning mexanik tarkibi, fizik, kimyoviy va agroekologik xususiyatlarining sug‘orma dehqonchilik ta’sirida o‘zgarishi aniqlangan;
sug‘oriladigan o‘tloqi-taqirli, o‘tloqi saz tuproqlar tarkibidagi makro-, mikroelementlar, og‘ir metallar va metalloidlarning akkumulyasiyalanishi, migratsiyalanishi hamda ularni ushbu elementlar bilan ifloslanishi ochib berilgan;
sug‘oriladigan o‘tloqi-taqirli tuproqlarda bug‘doyning Andijon-1 navini o‘g‘itlashda parranda go‘ngi solinganda fonga nisbatan hosildorlikni o‘sishi bilan birga indeksini pasayishi aniqlangan;
sug‘oriladigan o‘tloqi-taqirli tuproqlarda og‘ir metallar va mish`yakning xavflilik darajasi Sb<Zn<Co<Ni<As qatorda joylanishi va o‘tloqi saz tuproqlarida ham ushbu holatni saqlanishi xavflilik darajasini pasayishi isbotlangan;
hudud tuproqlari unumdorligini, agroekologik holatini sug‘orma dehqonchilik ta’sirida o‘zgarishi hamda o‘tloqi-taqirli tuproqlardagi evolyusion o‘zgarishlar, ularni o‘tloqilashib borishi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Markaziy Farg‘ona sug‘oriladigan gidromorf tuproqlarining agroekologik holati va unumdorligini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligi ekin erlariga mineral va organik o‘g‘itlarni qo‘llash me’yorlarini ishlab chiqish orqali tuproq tarkibidagi gumus, azot, fosfor, kaliy va boshqa oziqa elementlar miqdorini oshishi hamda tuproqning ekologik holati ijobiy tomonga o‘zgarishi, tuproqlarni unumdorligini oshirish, ulardan oqilona foydalanish Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 2019 yil 26 apreldagi 04/-05-06-sonli qarori bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jalik o‘simliklarini etishtirishda tuproqni muhofaza qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari Qo‘mitasining 2019 yil 18 oktyabrdagi 04/4-05-156-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan o‘tloqi saz, o‘tloqi-taqirli tuproqlarning unumdorligini oshirish, saqlash va agroekologik holatini baholashga xizmat qilgan;
tuproqlarning agrokimyoviy, granulometrik tarkibida o‘zgarishlar mavjudligi, xususan, Markaziy Farg‘ona hududidagi sug‘oriladigan er maydonlarining hozirgi agrokimyoviy, agroekologik va meliorativ holati, ulardagi ijobiy va salbiy o‘zgarishlar bo‘yicha olingan natijalar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qarorini ishlab chiqishda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari Qo‘mitasining 2019 yil 18 oktyabrdagi 04/4-05-156-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan o‘tloqi saz, o‘tloqi-taqirli tuproqlarning agroekologik jihatdan baholashga hamda Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 2019 yil 26 apreldagi 04/-05-06 sonli qarorini ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qilgan.