Nigmatshaeva Aziza Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Endometrit o‘tkazgan ayollarda reproduktiv tizimini buzilishlarini bashorat kilish », 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib387.
Ilmiy rahbar:Abdullaeva Lagiya Mirzatillaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Najmutdinova Dilbar Kamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Negmadjanov Baxodur Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogov nomli Vinnisa davlat tibbiyot universiteti, Ukraina.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali endometrit o‘tkazgan ayollarda reproduktiv tizimdagi buzilishlarini bashorat qilish uchun diagnostik mezonlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
surunkali endometrit bilan og‘rigan ayollarning bachadon bo‘shlig‘idan olingan bioptatdagi immunoglobulinlarning miqdoriy tarkibi va gemostaz tizimdagi trombofilik holat ko‘rinishidagi buzilishlar reproduktiv funksiyani baxolash uchun prognostik marker ekanligi aniklangan;
ilk bor surunkali edometrit o‘tkazgan ayollarda reproduktiv tizimdagi buzilishlarini rivojlanish xavfini baholash asosida tabaqalashtirilgan davolash algoritmi samaradorligi asoslangan;
surunkali edometrit bilan og‘rigan ayollarda gemostaziologik ko‘rsatkichlar D-dimerning konsentratsiyasini oshishi bu bemorlarda trombofilik holat mavjudligining ishonchli dalili ekanligi isbotlangan;
surunkali edometrit o‘tkazgan ayollarda endometriyning mikrobial peyzaji va morfologik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ball shkalasi asosida davolash orqali ayollar reproduktiv funksiyasini tiklanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Surunkali endometrit o‘tkazgan ayollarda davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
surunkali endometrit kasalligi mavjud ayollarda reproduktiv tizimdagi gemostaziologik va immunologik buzilishlarini erta aniqlash va bartaraf qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "Surunkali endometrit - zamonaviy diagnostika usullari va bemorlarni boshqarish taktikasi" (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 2 avgustdagi 8n-r/713- son malumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bemorlarni xavf guruxini aniqlash, SE kasalligida reproduktiv funksiya zararlanishining erta profilaktikasi imkonini bergan;
surunkali endometrit kasalligi mavjud ayollarda reproduktiv tizimdagi morfologik o‘zgarishlarni baxolash va tabakalashtirilgan davolash usullarini tadbiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "Surunkali endometrit o‘tkazgan ayollarda reproduktiv kasalliklar konsepsiyasiga zamonaviy yondashuv" (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 2 avgustdagi 8n-r/712- son malumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali endometrit o‘tkazgan ayollarda davolash natijalarini samaradorligini oshirish imkonini bergan;
surunkali endometrit kasalligi mavjud ayollarda reproduktiv tizimdagi buzilishlarini erta aniqlash va bartaraf qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Andijon shahridagi 1- va 2-sonli tug‘ruq majmualari, Andijon viloyati perinatal markazi va Andijon viloyati Paxtaobod tumani oilaviy poliklinikasining birlashmalarining klinik amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 noyabrdagi 08-09/19919-son malumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi, surunkali endometritda klinik prognozlash, erta tashxislash, terapevtik va profilaktik choralar strategiyasini optimallashtirish va reproduktiv disfunksiyani rivojlanish xavfi bo‘lgan guruhlarni aniqlash samaradorligini oshirish imkonini bergan.