Ismailov Jamshid Abduraimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali yurak etishmovchiligi bilan asoratlangan surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi fonidagi semiz bemorlarda endotelial funksiya holatining dinamikasi», 14.00.05-Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1403.
Ilmiy rahbar: Agababyan Irina Rubenovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ravshanbek Babajonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raximova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi, Saratov davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali yurak etishmovchiligi bilan asoratlangan ortiqcha vazinga ega o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bor bemorlarda yallig‘lanish sitokinlari, NUP miqdori, endotelial funksiya holatini baholash orqali, kompleks davolash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi mavjud bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligi rivojlanishida immun yallig‘lanish sitokinlari (IL-6, IL-8) va natriyuretik peptid (pro-BNP) mikdori qonda oshishi erta prognostik markyor ekanligi asoslangan;
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi va surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarni davolash samaradorligi immunotsitokinlar (IL-6, IL-8) va natriyuretik peptid (pro-BNP) mikdori o‘zgarishi orqali aniqlangan;
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi va surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarni yurak urish soni va yurakni kislorodga bulgan extiyojini inobatga olgan xolda davolash tartibi tabaqalashtirilgan yondashuvlar orkali takomillashtirilgan;
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligida natriuretik peptidlarning (NUP) himoya tizimining faollashishi natijasida chap qorincha miokard gipertrofiyasining va qon tomirlarining qattiqligining pasayishi surunkali yurak etishmovchiligi zurayishini oldini olishi asoslangan
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi bilan kasallangan bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligini barvaqt aniqlash davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi va surunkali yurak etishmovchiligida kechishini erta va differensial tashxislashni mukobillashtirish buyicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chikilgan “Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi asoratlarini erta tashxislash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 iyundagi 8n-r/583 son xulosasi). Natijada o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi natijasida rivojlangan surunkali yurak etishmovchiligini erta tashxislash imkonini bergan;
surunkali yurak etishmovchiligi bilan asoratlangan o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi kechishida diagnostik mezonlarni ishlab chikish va mukobill davolash usullarni takomillashtirish buyicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chikilgan “Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi va surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlar diagnostikasi va davolash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 iyundagi 8n-r/584 son xulosasi). Natijada o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligida surunkali yurak etishmovchiligining klinik kechishini bashorat qilish, barvaqt aniqlashni va davolashni muvofiqlashtirish imkonini bergan;
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligida asoratlar xavfini barvaqt aniqlash va ularni davolash choralarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Jizzax viloyati G‘allaorol tumani TTB pulmonologiya va terapiya bo‘limida amaliyotga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 iyuldagi 8n-z/249 son xulosasi). Natijada kasallik kechishini bashorat qilish, xamda kasallikning avj olish chastotasini ikki baravar kamaytirishiga, bemorlar hayot sifatini yaxshilashiga va davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish imkonini bergan.