To‘ychiev Abdunabi Xudoyberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Nurali Qobul nasri poetikasi (hikoya va qissalari misolida)”, 10.00.02-O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil716.
Ilmiyrahbar: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Fil.91.02
Yetakchi tashkilot nomi:Farg‘ona davlat universiteti.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umurzoq Abdurazzoqovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xamraqulova Xurshida Kuvvatovna, filologiya fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy  ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi Nurali Qobulning hikoya va qissalari orqali ularning badiiy-estetik xususiyatlarini yoritish, adib asarlarida uslub va mahorat hamda badiiyat namoyon bo‘lish yo‘sinini aniqlash, yozuvchi ijodiy laboratoriyasini tekshirish, ijodining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Nurali Qobul ijodining o‘zbek nasri taraqqiyot tendensiyalaridan adabiy hodisa sifatidagi farqli tomonlari, yozuvchi ijodining shaxsiyati bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos yetakchi belgilari, asarlarining adabiy jarayondagi badiiy-estetik o‘ziga xosligi ochib berilgan;
yozuvchi asarlarida muallif “men”ining ifodalanishi, asarlarining shakl va kompozisiyasidagi obrazlar tizimida xarakterlarning individualligi, yozuvchining badiiy mahorati namoyon bo‘lgan poetik nutq va uslubi, adib nasri poetikasiga oid badiiy usul va vositalar asoslangan;
ena va nevara obrazlari adibning turli janrdagi o‘n beshdan oshiq asarlarida tasvirlangani va avtobiografik xarakterga ega bu tasvirlarning asar poetikasida yetakchilik xususiyatiga ega ekanligi, yozuvchi asarlaridagi obrazlar galereyasiga xos tabiiylik, poetik nutq, milliy kolorit kabi asosiy tipik belgilar aniqlangan;
adibning ijodiy individualligini ta’minlagan falsafaga moyillik, sayyor obrazlar takrori, publisistik pofos kabi omillar, u ijod qilgan roman-monolog janrining o‘zbek adabiyotida yangi janr ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nurali Qobul nasri poetikasi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Nurali Qobul ijodining xorijiy tillarga tarjimasi, Ch.Aytmatovning “Oq kema” asari bilan N.Qobulning “Tubsiz osmon” qissalari qiyosiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan  F3-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” (2021-2023) mavzusidagi amaliy loyihaning nazariy qismida  foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 10 avgustdagi 01/4-1356-son ma’lumotnomasi). Natijada adibning “Temuriylar” epopeyasi o‘n etti kitobining elektron varianti ingliz tiliga o‘girilganligi hamda mazkur epopeyaning birinchi kitobi “Buyuk turon amiri yoxud aql va qilich” romanining “Amazon” elektron platformasida dunyo kitobxonlariga havola etilishiga erishilgan;
o‘zbek nasri taraqqiyotida ijodkorning tutgan o‘rni va roli, adibning ijodiy individualligi, asarlarining janriy o‘ziga xosligi, hikoya va qissalarining badiiy-estetik xususiyatlariga oid ilmiy xulosalardan  OT-G‘1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7 jild) chop etish” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 10 avgustdagi 01/4-1356-son ma’lumotnomasi). Natijada adibning avtobiografik xarakterdagi qissa va hikoyalarida muallif obrazi, adabiy ta’sir va ijodiy an’anaviylikning o‘ziga xosliklarini belgilashga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish