Safarova Guzal Qudratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Evfemizmlarning  yosh xususiyatlariga ko‘ra sotsial xoslanishi”, 10.00.11 – Til nazariyasi, amaliy va kompyuter lingvistikasi (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1910.      
Ilmiy rahbar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Mirzaxidova Miyassar Inamjanovna, filologiya fanlari doktori, professor; Rustamova Dilrabo Abdurahimovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili evfemizmlarida yosh xususiyatlarning ahamiyati va evfemizmda yosh bilan bog‘liq ma’noning voqelanishida pragmatik, sotsial va lingvokul`turologik omillarni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidagi evfemizmlarni vujudga keltiruvchi ijtimoiy-siyosiy omillardan qo‘rquv va irimlar, shaxsiy omillardan turmush tarzi, kelib chiqishi, shaxsiy sifati, didi, saviyasi, ko‘rinishi, jismoniy-aqliy salohiyati kabilarning ustuvor ekanligi aniqlangan;  
nutqda yosh xususiyatlariga ko‘ra xoslangan ma’noning yuzaga chiqishida talaffuz, so‘z, grammatik qo‘shimcha, gap qurilishi kabi lisoniy, imo-ishora, sukut, qo‘l, elka harakati singari nolisoniy hamda xalqning tarixi, etnogenezi, taraqqiyoti kabi madaniy omillar birgalikda tizimli xizmat qilishi matnlar va diskurslar asosida dalillangan; 
o‘zbek tilida aytilishi odob me’yorlariga zid bo‘lgan, yoqimsiz va uyat sanalgan tushunchalarni ifodalovchi birliklarning evfemiklashuvining kasb, tarbiya, fe’l-atvor va ruhiy holat ta’sirida ro‘y berishi, kichik yoshdagi bolalarda esa evfemiklashuv olamni ontologik bilishga intilishdagi kognitiv jarayon bilan bog‘liqligi dalillangan. 
til vositalarini pragmatik tadqiq qilishning shaxs, nutqiy vaziyat, nutq sharoiti, payti, o‘rni kabi omillar bilan bog‘liqligi va o‘zbek tilidagi evfemizmlarning ma’no ifodalashida shaxsning yoshi va nutqiy vaziyat omili yetakchilik qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili evfemizmlarida yosh xususiyatlarning ahamiyati va evfemizmda yosh bilan bog‘liq ma’noning voqelanishida aniqlangan pragmatik, sotsial va lingvokul`turologik omillar asosida:
o‘zbek tilidagi evfemizmlarni vujudga keltiruvchi turli ijtimoiy-lisoniy omillar xususidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan bajarilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil oktyabrdagi 17.01/242-son ma’lumotnomasi). Natijada qardosh  o‘zbek tilida evfemizmlarni qo‘llash jarayoni bilan bog‘liq tadqiqot natijalarini zamonaviy tilshunoslik nuqtai nazaridan lingvistik tadqiqotlar sirasida ilmiy-ta’limiy jarayonga tatbiq etish imkoniyati oshirilgan;
nutqda yosh xususiyatlariga ko‘ra xoslangan ma’noning yuzaga chiqishida xizmat qiluvchi lisoniy va madaniy omillar xususidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan bajarilgan FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 15 oktyabrdagi 17.01/242-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq naql-maqollarida uchrovchi yosh xususiyatlariga ko‘ra xoslangan ma’noning yuzaga chiqishida evfemizmlarni qo‘llash jarayoni bilan bog‘liq o‘ziga xosliklar ilmiy asoslangan;
o‘zbek tilida aytilishi odob me’yorlariga zid bo‘lgan, yoqimsiz va uyat sanalgan tushunchalarni ifodalovchi birliklar evfemiklashuvining gender xususiyatlari to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan hamda badiiy asarlardagi evfemik va disfemik birliklarni tasniflash, evfemiklik xususiyatlari asosidagi muallif va xarakterlar nutqining o‘zaro muomala jarayonidagi kognitiv asosi, og‘zaki xususiyati hamda pragmatik darajasini aniqlash, evfemizmlarning ijtimoiy xosligi, pragmatik tamoyillari bilan bog‘liq semantik tamoyillarini ochib berish, tanlangan asarlardagi qahramonlar nutqida uchrovchi evfemizmlarning yosh xususiyati, ifodalanish usullaridagi o‘ziga xosliklarni yoritib beruvchi materiallardan Kinematografiya agentligi O‘zbekiston milliy kinofondi davlat muassasasida xorijiy kinofil`mlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 28 sentyabrdagi 01-23/18-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy kinofil`mlarning tarjimasida o‘zbek tili birliklarining imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish imkoni yaratilgan;
o‘zbek tilidagi evfemik ma’noning yuzaga kelishida shaxsning yoshi va nutqiy vaziyat omili masalasi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 16 iyuldagi 04/1-1997-son ma’lumotnomasi). Natijada poetik lug‘atda inson qiyofasi, fe’l-atvori bilan bog‘liq til birliklari izohlari mukammallashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish