Kuchkarov Oybek Abdumansurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asrning 20-30 yillar o‘zbek she’riyatida poetik motivlar”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil 621.      
Ilmiy rahbar: Quronov Dilmurod Haydaralievich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Qobilova Zeboxon Bakirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Jo‘raev Habibullo Abdusalomovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi adabiyotshunoslikdagi poetik motivlarni, ilg‘or nazariyalarni takomillashtirish, o‘tgan asrning 20-30-yillaridagi poetik motivlar taraqqiyoti tamoyillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asrning 20-30-yillarida jamiyatning ijtimoiy-estetik ehtiyojlari, orzu-intilishlari, dard-hasrati va quvonchlari asosida hosil bo‘lgan davrning yetakchi ruh-kayfiyatini belgilovchi parvoz, po‘rtana, yo‘l  motiv obrazlarning  aktual ma’nolari ochib berilgan;  
20-yillarning o‘rtalarigacha va undan keyin 30-yillar davomida she’riyatimizda faol bo‘lgan po‘rtana, dengiz motivlari va ularning variantlari bir-biridan keskin farq qilishi, bu ijtimoiy-siyosiy va madaniy shart-sharoitlar bilan bog‘liqligi dallingan; 
motivlarning ehtimoliy ma’nolari o‘quvchida lirik kechinma yuzaga kelgan vaziyat, motivning invariant va boshqa variantlar bilan semantik aloqasi, intertekstual aloqalar asosida yuzaga chiqishi asoslangan;
milliy she’riyatdagi an’anaviy va jahon adabiyotidagi motivlar konteksti ijodkor kommunikativ intensiyasining samaradorligini ta’minlovchi muhim pragmatik omil ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asrning 20-30-yillar o‘zbek she’riyatida poetik motivlarni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
XX asr 20-yillarining o‘rtalarigacha va undan keyin 30-yillar davomida she’riyatimizda faol bo‘lgan motivlar va ularning variantlari o‘rtasidagi aniqlangan farqlar va motivlar sintaktikasi, motivlarning pragmatik xususiyatlari haqidagi xulosalaridan Ausbildung und Arbeit Plus GmbH ilmiy tadqiqot markazida bajarilgan ishlarda foydalanilgan (Germaniya Respublikasi Arbeit Plus GmbH ilmiy tadqiqot markazining 2021 yil 27 sentyabrdagi 214/21-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotlarning mazmun-mundarijasi kengayib, ilmiy-nazariy qarashlarning mukammal darajaga etishiga hissa bo‘lib qo‘shilgan;
XX asrning 20-30-yillar o‘zbek she’riyatida sodir bo‘lgan badiiy, g‘oyaviy, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar haqida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “Onajonim – she’riyat” ijodiy to‘garagidagi yosh ijodkorlarga va Muhammad Yusuf ijod maktabida o‘tilgan mahorat darslarida, shuningdek, ijodiy seminarlarda ma’ruzalar qilingan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 9 sentyabrdagi 01-03/1057-son ma’lumotnomasi). Natijada ijod maktablarida tahsil olayotgan iste’dodli yoshlarda kitobxonlik madaniyati oshgan, ularning XX asr boshlaridagi milliy she’riyatimizda kechgan poetik yangilanish jarayoni  haqidagi tasavvurlari kengaygan, seminarlarning ilmiy-ommabopligini ta’minlab, yangi manbalar bilan boyitishga imkon yaratgan;
milliy she’riyatdagi an’anaviy va jahon adabiyotidagi motivlar konteksti kommunikativ intensiyaning samaradorligini ta’minlashdagi ahamiyatiga oid fikrlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” hamda FA-F-1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” nomli fundamental ilmiy loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 13 oktyabrdagi 17:01/253-son ma’lumotnomasi). Natijada “motiv”, “syujet motivi”, “tematik motiv”, “motiv obraz”, “arxetip motiv” terminlari uchun illyustrativ materiallar to‘plashga va tartiblashga, davr she’riyatida motivlarni qo‘llashning sintaktik va pragmatik jihatlarini yoritishga imkon bergan;
20-yillarning o‘rtalarigacha va undan keyin 30-yillar davomida she’riyatimizda faol bo‘lgan motivlar va ularning variantlari bir-biridan keskin farq qilishiga oid xulosalardan  O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanali “Umr daftari”, “Ziyo darg‘alari” nomli ilmiy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (“Mahalla” teleradiokanalining 2021 yil 24 iyundagi 01-18-463-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv ssenariylari ilmiy va marifiy jihatdan boyitilib, tomoshabinlarda badiiy adabiyotga nisbatan hurmat va muhabbat tuyg‘ularini mustaqkamlashga yordam bergan;
XX asrning 20-30-yillar o‘zbek she’riyatida faol qo‘llangan poetik motivlarning sinonimik qatorlar, antonimik juftliklar hosil qilishi, bir nechta omonimlarga ega bo‘lishiga oid fikrlardan Andijon viloyat teleradiokompaniyasining “Mutolaa zavqi” nomli adabiy, ilmiy-ma’rifiy ko‘rsatuvida foydalanilgan (Andijon viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 27 apreldagi 20-24/129-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy-ma’rifiy jihatdan salohiyati ortishiga, badiiy adabiyotning tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyatini ochib berishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish