Ibragimova Nargiza Maratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi rus va o‘zbek adabiyotida ayol nasri poetikasi” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil727.
Ilmiy rahbar: Mirkurbanov Nasirulla Mirsultanovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Petruxina Natal`ya Mixaylovna, filologiya fanlari doktori, professor; Umurova Guzal Xotamovna, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rus va o‘zbek xotin-qizlar nasrining adabiy fenomen sifatida tipologik umumiyligi va milliy o‘ziga xosligini ochib berishdan iborat.  
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
ilk bor rus va o‘zbek adabiyotshunosligida ayollar nasriga oid nazariyalar orqali xotin-qizlar nasri insoniyat tarixidagi ulug‘vor voqea-hodisalarni, tarixiy burilishlarni, dolzarb muammolarni tasvirlashi, murakkab xarakterlar, go‘zal insoniy xislatlarni ifodalashi, kahramonning qalb dialektikasini ochishi nuqtai nazardan ijtimoiy-madaniy fenomen sifatida dalillangan;
xotin-qizlar nasrining shakl va mazmun komponentlari sifatida olamning badiiy manzarasi, xotin-qizlar xarakterlari tipologiyasi, ayollar taqdiri, ularning o‘z-o‘zini anglab etishi, ongining uyg‘onishi, xarakterining shakllanishi, qahramonlar taqdiri vositasida ijtimoiy hayotning u yoxud bu jihatlarini ifodalash kabi adabiy-estetik muammolarni badiiy aks ettirishda ijodkorlar uslubidagi o‘ziga xoslikni qiyoslash orqali o‘zbek xotin-qizlari nasrining badiiy qirralari izohlangan;
erkak obrazining borlig‘ini ratsional va irratsional holda ongda akslanishi, adiblarning tafakkur kuchi bilan o‘z ma’naviy-ruhiy ehtiyojlariga mos ijodiy qayta ishlashi va umumlashtirishi, erkak obrazi badiiy interpretatsiyasining o‘ziga xosligi, zamonaviy madaniyatning androtsentrik tartibini fosh qilishi va feminotsentrik mistik reallikning zamonaviy rus va o‘zbek xotin-qizlar nasri kontinuumida yaratilishi ochib berilgan;
xotin-qizlarga xos xususiyatlarning muallif idroki bilan belgilangan konseptosfera va xronotoplarga bog‘liqligi, rus xotin-qizlar nasri mamlakatning ijtimoiy tasvirini,  o‘zbek xotin-qizlar nasri esa xotin-qizlarning ona, rafiqa, suyukli yor, kelin kabi ijtimoiy maqomlarda aks ettirishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rus va o‘zbek xotin-qizlar nasrining adabiy fenomen sifatida tipologik umumiyligi va milliy o‘ziga xosligini tadqiq etish jarayonida olingan natijalar asosida:
o‘zbek xotin-qizlar nasri struktural va mazmun komponentlari ikki xil olamning badiiy manzarasi, xotin-kizlar xarakterlari tipologiyasi, xotin-qizlar nasri asarlari mualliflarining (Jamilya Ergasheva, Farida Afro‘z, Zul`fiya Kurolboy qizi, Salomat Vafo, Dil`bar Saidova va boshqalar) badiiy-estetik va janrga oid qarashlariga oid xulosalardan FA-A1-G006 “Qoraqalpoq xalq qo‘shiqlarining tekstologik tahlili va nashrga tayyorlash” ilmiy-tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 10 noyabrdagi 340/1-son ma’lumotnomasi). Natijada rus, o‘zbek, qoraqalpoq adabiyotining xotin-qizlar nasri kontinuumida feminotsentrik mistik voqelikni yaratishga doir ilmiy xulosalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan; 
xotin-qizlarga xos dunyo manzarasining muallif idroki bilan belgilangan konseptosfera va xronotoplarga bog‘liqligiga oid natijalardan FA-F-1-005-sonli “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti tarixi tadqiqi” fundamental loyihasida foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 10 noyabrdagi 340/1-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy rus va o‘zbek xotin-qizlar nasri kontinuumida feminotsentrik mistik voqelikni yaratish, uning fol`klor va zamonaviy qoraqalpoq adabiyoti bilan mutamunosibligiga oid ilmiy xulosalar fol`klor diskursi sohasida nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan; 
xotin-qizlarga xos dunyo manzarasining muallif idroki bilan belgilangan konseptosfera va xronotoplarga bog‘liqligi  hamda “xotin-qizlar nasri”, “xotin-qizlar dastxati”, “feminizm evolyusiyasi”, “femin diskurs”, “maskul tartib”, “feminotsentrik reallik kabi tushunchalarga oid xulosalardan Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi yosh olimlar badiiy tarjima va tarjima to‘garagi kengashning tarjimaga o‘rgatish amaliyotida joriy  qilingan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi 2022 yil 20 yanvardagi 03/118-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tushunchalar O‘zbekistonda hozirgi adabiy jarayonni o‘rganish va mutaxassis tarjimonlarni tayyorlashda hamda Zul`fiya Qurolboy qizining “Grex”, “Solnse na moey storone” asarlari asosida Rossiya va O‘zbekiston xotin-qizlar nasrini tarjima qilishda foydalanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish