Axmedova Anorxon Nasivali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Parallel korpusda o‘xshatishlarning leksik-semantik munosabatlari tadqiqi” (inglizcha-o‘zbekcha va o‘zbekcha-inglizcha parallel matnlar asosida), 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (ingliz tili) (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil978.
Ilmiy rahbar: Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Ataboev Nozimjon Bobojon o‘g‘li, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi parallel matnlar korpusi (inglizcha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-inglizcha) asosida badiiy matnlarda voqelanuvchi o‘xshatishlarning leksik-semantik munosabatlarini lingvistik aspektda ochib berish hamda ularni o‘zbek tili elektron korpusida foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
badiiy matnlardan iborat matn fragmentlaridan tuzilgan inglizcha va o‘zbekcha o‘xshatishlar parallel korpusi asosida o‘zbek tili tezaurusi uchun ob’ekt vazifasini bajaruvchi leksik birliklarning tasnifiy semantik munosabatlari asoslangan;
inglizcha-o‘zbekcha o‘xshatishlarning segment birliklari bo‘yicha korpusning tarjima xotirasi uchun lisoniy qoliplarning segment birliklarini yaratishda struktur jarayonning ustuvorligi isbotlangan;
parallel matnlar asosida badiiy asarlarda qo‘llangan o‘xshatishlarning lingvomadaniy etalonlarini aniqlash orqali lingvistik birliklar va leksik-semantik jihatdan guruhlangan semalar parallel matnidagi birliklarning paralellel korpus qidiruv imkoniyati takomillashtirilgan;
o‘xshatishlarning sintagmatik va paradigmatik munosabatlari hamda ularning  bilingval birliklarining lingvistik modellari muvofiqligini asoslash orqali makro va mikromaydon semalar bo‘yicha ajratilgan o‘xshatishlar ekstralingvistik omillar asosida paydo bo‘lishi tufayli tarjima jarayonida ekvivalent va muqobil variant kabi tarjima usullarining samaradorligi dilillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Parallel matnlar (inglizcha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-inglizcha) asosida o‘xshatishlarning tarjima qilish dasturi lingvistik ta’minotini yaratishga doir hamda o‘xshatishlarning leksik-semantik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida: 
o‘zbek tili tezaurusi uchun ob’ekt vazifasini bajaruvchi leksik birliklarning tasnifiy semantik munosabatlarini ifodalovchi nazariy va amaliy natijalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining Erasmus+ xalqaro “Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian Universities” (CLASS) nomli loyihasi doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 11 sentyabrdagi 01/4-1518-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili badiiy asarlar parallel korpusini yaratishda, parallel matnlar asosida badiiy asarlarda qo‘llangan o‘xshatishlarning lingvostatistikasi aniqlashda, badiiy tarjimalar hamda xulosalarni shakllantirishda dissertatsiyada o‘rganilgan tahliliy materiallar foydalanilgan;
inglizcha-o‘zbekcha o‘xshatishlarning segment birliklari bo‘yicha korpusning tarjima xotirasi uchun lisoniy qoliplarning segment birliklarini yaratishda struktur tahlil qilish natijalaridan “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining JHBL-19-sonli “Oila ma’naviyat konseptining elektron tezaurus lug‘atini yaratish” mavzusidagi qisqa muddatli amaliy loyihasida foydalanilgan (“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 25 iyuldagi 11-son ma’lumotnomasi). Ayni natijalarning qo‘llanilishi oila ma’naviyat konseptiga doir o‘xshatishlarni avtomatik aniqlashga xizmat qilgan;
o‘xshatishlarning sintagmatik va paradigmatik munosabatlari hamda ularning  bilingval birliklarning lingvistik modellari muvofiqligini asoslash orqali makro va mikromaydon semalar bo‘yicha ajratilgan o‘xshatishlar ekstralingvistik omillar asosida paydo bo‘lishi tufayli tarjima jarayonida ekvivalent va muqobil variant kabi tarjima usullarining O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Oydin hayot live”, “Ta’lim va taraqqiyot” kabi ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 10 noyabrdagi 01-13-1707-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar zamonaviy axborot tizimida o‘zbek va ingliz tillari madaniyati bilan bog‘liq o‘xshatishlarni targ‘ib qilish ishlari ko‘rsatuv mazmunining ilmiy va amaliy jihatdan boyish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish