Xamdamova Malika Ilxamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Odam anatomiyasi va fiziologiyasi" fanini mul`timedia texnologiyalari asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish (pedagogika oliy o‘quv yurtlari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2605.
Ilmiy rahbarlar: Shaxmurova Gul`nara Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Mirzaali Asfandiyorovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent; Mirzaeva Nodira Abduhamidovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” fanini o‘qitish metodikasini mul`timedia texnologiyalaridan foydalanish asosida takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotining ilmiy yangiligi:
“Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” fanini o‘qitish metodikasi elektron muhitda faol axborot almashinish, loyihalash faoliyatiga yo‘naltirish hamda interaktiv dasturiy vositalardan foydalanish komponentlarini tushuntirish motivatsiyali, texnologik, kreativ mezonlarni integrativ yaxlitlash hamda adaptiv moslashtirish orqali  takomillashtirilgan; 
“Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” fanini o‘qitish metodikasining modeli va baholash mezonlari axborot-metodik ta’minot, bilimlarni modulli baholash ko‘rsatkichlarga ko‘ra diagnostikalashga hamda tizimlashtirishga yo‘naltirilgan harakat algoritmlarini ta’lim paradigmalariga assotsiativ uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan; 
“Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” fanini o‘qitish metodikasi mustaqil ishlashini ta’minlaydigan faoliyatni, bilimni uzluksiz o‘zi tomonidan nazorat qilib borilishiga imkon beradigan kreativ fikrlashga oid didaktik materiallarni kiritish orqali takomillashtirilgan;
“Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” fanini o‘qitish metodikasi motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksiv, identiv xususiyatlarga ko‘ra o‘zaro integratsiyalash hamda vitagen va sub’ektiv tajribani bosqichma-bosqich sinxronlashtirish orqali takomillashtirilgan; 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi" fanini mul`timedia texnologiyalari asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” fanini o‘qitish metodikasi motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksiv, identiv xususiyatlarga ko‘ra integratsiyalash hamda vitagen va sub’ektiv tajribani sinxronlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar asosida "Odam anatomiyasi va fiziologiyasi" nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi buyrug‘i asosida berilgan 356/7-016-son guvohnomasi). Natijada, "Odam anatomiyasi va fiziologiyasi" fanini o‘qitish samaradorligi, talabalarning o‘quv fanlariga bo‘lgan qiziqishlari va o‘quv faolligining oshishiga erishilgan;
“Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” fanini o‘qitish metodikasi elektron muhitda faol axborot almashinish, loyihalash faoliyatiga yo‘naltirish hamda interaktiv dasturiy vositalardan foydalanish komponentlarini tushuntirish-motivatsiyali, kognitiv, texnologik, kreativ mezonlarni adaptiv moslashtirish asosida  takomillashtirishga oid takliflar A1-FQ-010040 raqamli "Ta’limda sog‘liqni saqlash – sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashning samarali usuli (ruhiy, ma’naviy, reproduktiv salomatlikni saqlash)" mavzusidagi loyihaning vazifalarini amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 30 sentyabrdagi 02-07-2673/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, biologiya fanini o‘zlashtirish bo‘yicha didaktik taminot mazmuni boyitilgan;
“Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” fanini o‘qitish metodikasining modeli va baholash mezonlari axborot-metodik ta’minot, bilimlarni modulli baholash ko‘rsatkichlarga ko‘ra diagnostikalashga hamda tizimlashtirishga yo‘naltirilgan uslublar asosida  takomillashtirish yuzasidan takliflar asosida "Odam anatomiyasi va fiziologiyasi" nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi buyrug‘i asosida berilgan 356/7-016-son guvohnomasi). Natijada o‘qituvchilarning innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlash va ularning kasbiy sifatlarini shakllantirish samaradorligi oshgan;
“Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” fanini o‘qitish metodikasi mustaqil ishlashini ta’minlaydigan, faoliyatini, bilimini uzluksiz o‘zi tomonidan nazorat qilib borilishiga imkon beradigan kreativ fikrlashga oid misol va masalalar, testlar va krossvordlar kabi didaktik materiallar asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar A1-FQ-010040 raqamli "Ta’limda sog‘liqni saqlash – sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashning samarali usuli (ruhiy, ma’naviy, reproduktiv salomatlikni saqlash)" loyihasining vazifalarini amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 30 sentyabrdagi 02-07-2673/04-son ma’lumotnomasi). Natijada tabiatshunoslik fanlarini integratsiyalashuvi asosida "Odam anatomiyasi va fiziologiyasi" fanini o‘qitish jarayonini takomillashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish