Qo‘chqarova Muqaddas Oybekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim tizimida umumiy fizika kursini o‘qitishni izchillik tamoyili asosida takomillashtirish”, 13.00.02 –  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fandari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped966.
Ilmiy rahbar: Djoraev Maxamatrasuljon, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon  davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.01.12.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Abduraxmonov Umarbek, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida umumiy fizika kursining molekulyar fizika va kvant fizikasi bo‘limlarini izchillik tamoyili asosida o‘qitishning metodik shart-sharoitlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
umumiy fizika kursini o‘qitish jarayonida ehtimoliy-statistik tasavvurlarni shakllantirishda izchillik tamoyilini qo‘llashning didaktik imkoniyatlari kvant mexanika hamda statistik fizika va termodinamika bo‘limlariga doir o‘quv materiallarini yirik bloklarga konsentrlash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning tabiiy-ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishning metodik jihatlari chizma-tasviriy modellar (mantiqiy graf, intellekt karta)ni olamning yagona ilmiy va tabiiy manzarasini ifoda etishga xizmat qiluvchi statistik fikrlash jarayonlariga adaptiv qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
molekulyar fizika va kvant fizikasi asoslari mazmuni o‘qitishning bilimlar “zanjiri”, statistik, grafik tashkillashtiruvchi kabi usullari texnologik yondashuvning xususiy-metodik darajasining jadal ta’sir ko‘rsatish mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
umumiy fizika kursi bo‘limlarini o‘qitishning didaktik ta’minoti fizik bilimlarni spiralsimon o‘zlashtirish, o‘rganilayotgan jarayon va hodisalarni baholashda dinamiklik va qayta aloqaning barqarorligini bevosita ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tizimida umumiy fizika kursini o‘qitishni izchillik tamoyili asosida takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot ishlari  natijalari asosida:
umumiy fizika kursini o‘qitish jarayonida ehtimoliy-statistik tasavvurlarni shakllantirishda izchillik tamoyilini qo‘llashning didaktik imkoniyatlarini kvant mexanika hamda statistik fizika va termodinamika bo‘limlariga doir o‘quv materiallarini yirik bloklarga konsentrlash algoritmini ishlab chiqish, fizik jarayon va hodisalarning izchillik tamoyili asosida o‘qitish orqali talabalarning tabiiy-ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishning metodik jihatlarini chizma-tasviriy modellarni olamning yagona ilmiy va tabiiy manzarasini ifoda etishga xizmat qiluvchi statistik fikrlash jarayonlariga adaptiv qo‘llash asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar Germaniyaning A&A Ausbildung und Arbeit Plus GmbH tashkiloti faoliyatiga joriy etilgan (A&A Ausbildung und Arbeit Plus GmbH tashkilotining 2022 yil 2 fevraldagi 2928207-son ma’lumotnomasi). Natijada, mutaxassislarni kasbiy shakllantirish va qayta tayyorlashda sohaga yo‘naltirilgan fizik ta’limni joriy etish samaradorligini oshirishga erishilgan;
molekulyar fizika va kvant fizikasi asoslarini o‘qitishga doir asosiy ilmiy tushunchalar mazmunini ilmiylik va izchillik tamoyillari orqali o‘qitishning bilimlar “zanjiri”, statistik, grafik tashkillashtiruvchi kabi usullarini  texnologik yondashuvning xususiy-metodik darajasining jadal ta’sir ko‘rsatish mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar asosida “Umumiy fizika fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish” uslubiy qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 sentyabrdagi 89-03-3554-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy fizikani izchillik tamoyili asosida o‘qitishda interfaol usullardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim tizimida izchillik tamoyili asosida umumiy fizika kursi bo‘limlarini o‘qitishning didaktik ta’minotini “Ideal gaz fizik tajribalarining virtual modellari dasturi” ko‘makchi kompyuterli tizimi asosida fizik bilimlarni spiralsimon o‘zlashtirish, o‘rganilayotgan jarayon va hodisalarni baholashda dinamiklik va qayta aloqaning barqarorligini bevosita ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Ideal gaz (fizika tajribalarining virtual modellari)” intellektual dasturiy vositani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 sentyabridagi 89-03-3518-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy fizika kursini o‘qitishda virtual ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish