Yusupxodjaeva Gulnoz Abduxannonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Aralash tolalardan yigirilgan ip ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish», 05.06.02–«To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T801
Ilmiy rahbar: Gulamov Azamat Eshonkulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Mukimov Mirabzal Mirayubovich, texnika fanlari doktori, professor; Qobulova Nilyufar Jalilovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ipak yigirish korxonalarida hosil bo‘ladigan tolali chiqindilarni paxta tolasiga qo‘shish orqali yuqori sifatli bikomponentli yigirilgan ip olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta va tabiiy ipak tolalarini piltalash jarayonida aralashtirib, bikomponent yigirilgan ip ishlab chiqarishning takomillashtirilgan texnologiyasi yaratilgan;
ikkkilamchi ipak tolali chiqindilarini paxta tolasiga aralashtirib yigirilgan ip olish nazariy tomondan isbotlangan;
nazariy jihatdan deformatsion xususiyatlarini tadqiqoti asosida aralashmada ipak va paxta tolali komponentlari ulushlarining maqbul qiymatlari o‘rnatilgan;
paxta tolasini ipakning ikkilamchi tolali chiqindilariga qo‘shib olingan yangi paxta-ipak ipini, sof paxta tolasidan olingan ipga nisbatan asosiy sifat ko‘rsatkichlari yuqoriligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: aralash tolalardan yigirilgan ip ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
aralash tolalardan bikomponentli yigirilgan ip olish usuli bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro uchun patenti olingan (“Aralash tolalardan bikomponentli yigirilgan ip olish usuli”, № IAP04949-2014 y). Natijada, paxta tolasi va ipakning tolali chiqindilaridan aralash yigirilgan ip olinganda solishtirma uzilish kuchi 13,9 dan 16, sN/teks ga, hamda sifat ko‘rsatkichi 1,42 dan 1,7 ga oshgan;
ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining tasarrufidagi korxonalarda, xususan, “PROF TEKST PLYUS” MChJ, “PESHKUTEKS” MChJ korxonalarida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2020 yil 20 noyabrdagi № 04/18-2734 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bikomponetli 20 teksli yigirilgan ipdan to‘qima mahsulotlari ishlab chiqarilganda havo o‘tkazuvchanligi 87,5 sm3/sm2.sek, gigroskopikligi 6,16 % ni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish